O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə40/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Xudoyorxon o’rdasi
Xudoyorxon saroyi minglar sulolasiga mansub Qo'qon xoni Xudoyorxon tomonidan bunyod etilgan. Xudoyorxon (1831-1884) uch marta - 1845, 1862, 1865-yillarda taxtga chiqib (1845-1875-yillarda tanaffuslar bilan: 1845-1858; 1862-1863; 1865-1875), umumiy hisobda chorak asr hukmronlik qilgan.
Qo`qon xonligi davrida qurilgan me`morchilik obidalari bilan ham mashhur.
Xonlikda me`morchilik obidalarining asosiy qismi poytaxt Qo`qonda qurilgan va ba`zilari bizgacha yetib kelgan. Xonlik shaharlaridagi me`morchilik yodgorliklarining aksariyati madrasalar va maqbaralar edi. Qo’qondagi yodgorlik binolari umumiy tuzilishi va rivojlantirilishi jihatidan an’anaviy bo’lib, o’z arxitekturasida ba’zi yangiliklarni aks etdirgan. Binolarning bezaklarida rang-barang g’ishtlar ko’p ishlatilgan, shiplarga solingan gullarning bo’yog’i, ganchlardan yasalgan naqshlarning go’zalligi, nafisligi va xilma-xil rangdorligi bilan O’rta Osiyodagi binolardan farq qiladi. O’zining jim-jimadorligi, yorqinligi, bo’yoqlarning ko’zni qamashtyrishi bilan farq qiladi. Bunga poytaxtdagi Jome’ madrasasi, O’rda binosi (xon saroyi) va boshqalar misol bo’la oladi.
Xususan, xon O’rdasi a’lohida ahamiyatga ega. U XIX asrning ikkinchi yarmida Xudoyorxon tomonidan qurilgan noyob arxitektura yodgorligidir. Me’moriy inshoat qurilishi sun’iy balandlikda olib borilgan. 4 gektarga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli maydon ko’p hovlilik bo’lib bir kompozitsiyani tashkil qiladi. Saroy qurilishi 1863-yildan 1870-yilgacha davom etgan bo’lib, old tomonining koshinlar bilan bezatilishi esa 1873-yilda tugagan. Saroy qurilishida Farg’ona vodiysidan bir necha ming odam qatnashgan. Barcha qurilish ishlari qo’lda bajarilgan. Qurilishni Qo’qon xonligining turli shaharlaridan keltirilgan 80 nafar usta boshqargan. Rejalovchi va saroyning bosh me’mori Mir Ubaydulla edi. Ustalardan Mulla Suyarqul, Solixo’ja va buxorolik usta Fozilxo’jalar qatnashgan koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilann bajargan. Xudoyorxon o’rdasi to’g’ri to’rtburchak shakilli bo’lib, sun’iy tepalikka baland g’ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, o’rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 ga yaqin katta-kichik xonalar, ichki-tashqi hovlilardan iborat bo’lgan. Birinchi hovlida ayvon, ko’rinishxona, xazinaxona, alohida saxdli masjid, markazda xon qarorgohi (Shohnishin), salomxona, xo’jalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilann bog’langan haram va xos xonalar egallagan. Haramxonalari bezaklari odmi bo’lib, asosan, quyma ganch ishlatilgan, haramxonalariga ayvonchaga o’xshash o’tish joylari (yo’laklar) orqali kirilgan. Xudoyorxon o’rdasining asosiy sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoq-gumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi buzilib ketgan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g’ishtdan ganch suvoqda terilgan devorlarga bir g’isht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq o’rda devoridan birmuncha bo’rttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m bo’lgan qiya yo’lka (pandus) orqali o’tiladi. Xudoyorxon o’rdasi bosh tarzi ravoqdagi, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to’rtburchak targli darvozaxonaga o’tiladi, darvozaxona gumbazi o’zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo’yilgan. Gumbaz usti, o’z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorug’lik tushadi. O’rdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, o’yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo’lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar biln ziynatlangan.
XIX asrga xos bo’lgan Samarqand, Buxoro va Xivadagi mumtoz me’morchilikda qo’llanilgan ko’k rangdan tashqari Qo’qondagi o’rdada sariq, qizil va zangori ranglar ham ishlatilgan. Shuning uchun sharqqa qaratilgan Xudoyorxon O’rdasi quyosh nurlari ostida ayniqsa chiroyli ko’rinadi, yaltiroq koshinlari yanada porlab o’ynab turadi. Me’moriy inshoatning 113 ta xonasidan bizgacha faqat 19 xonasi saqlanib yetib keldi. Qo`qondagi o`rdani ko`plab sayyoh va olimlar ko`rib hayratlarini yozib qoldirganlar. Masalan, rus sayyohi A.P.Fedchenko 1871-yili Ko`qon shahriga kelib o`rdaga kirgan. U bu haqida Shunday deb yozadi: “Ulkan soydan o`tib biz qal`a oldidagi katta maydonga kirib qoldik. Bu yerdan, bundan ham yaxshiroq go`zal saroy ko`rki ochiladi. Saroy binosi balandlikda qurilganligi tufayli qal`a devori orqasidan ham ko`rinaveradi”.
Jome` machiti – me’moriy yodgorlik bo`lib, ham machit, ham madrasa sifatida qurilgan bo`lib, unda 100 ga yaqin hujralar mavjud bo`lgan. Qo`lyozma va arxiv manbalariga qaraganda machitning qurilishshsh Olimxon (1801 – 1810) boshlab qo`ygan edi. Uning farmoni bilan joy belgilanib g’ishtlari ham olib kelingan. Ammo Olimxon o`ldirilgandan keyin g’ishtlar eski o`rdaning ta`mirlanishiga ishlatib yuboriladi. Umarxonning buyrug’iga binoan 1817/18-yilda yana o`sha joyga Maschiti Jome`ni qurishadi. Jome` machitining oldida 1852-yili g’ishtdan minora qurilgan. 1857-yili Xudoyorxonning farmoniga binoan machit ta`mirlangan. Jome` machiti va madrasasi mustamlaka davrida buzila boshladi, bezaklarning rangi o`chdi. Qo`qon aholisining talabiga muvofiq, Jome` machiti 1982-yili yana qaytadan ta`mirlandi.
Xudoyorxon hukmronligi davrida turli me’moriy yodgorliklari faqatgina poytaht Qo’qon shahridagina emas, balki Namangan, Andijon, Marg’ilon, O’sh, Xo’jand, O’ratepa, Toshkent kabi boshqa shaharlarda ham bunyod etilgan.
Qo`qon xonligining boshqa shaharlarida ham me`moriy yodgorliklar qurilgan. Xususan, Namangan markaziy bozorida joylashgan Mavlavi karvonsaroyi shu nom bilan ataluvchi madrasa va masjid (har uchchalasi ham XIX asr 60-yillarida qurilgan), XIX asr 50 – yillarida O`shda yirik katta yer egasi Alimbek o`z nomidan qurdirgan katta madrasa shular jumlasidandir. Bu inshootlarning aksariyati bizga qadar yetib kelmagan bo`lsa-da, ma`lumotlarga qaraganda Qo`qon xonligi me`morchiligining yaqqol namunasi bo`lgan.
Xalqning badiiy ijodi faqat adabiyotda emas, balkim jozibador qo’shiqlarda va musiqada ham kuylanib kelingan. Dutor, tanbur, nay, g’ijjak, chirmanda, nog’ora, surnay, karnay, chang kabi xalq cholg’u asboblaridan foydalanilgan. Arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, XIX asr 70 – yilarida qo’g’irchoq teatrlari ya’ni qo’g’irchoq o’ynatuvchilar (chodir xayol deb nomlangan) ham bo’lgan. O’z davrining san’atkorlari ijodlarini ko’proq shahar maydonlarida tamoshabinlarga namoyish etganlar. Masxarabozlik san’atini ham ko’rsatganlar. Ular o’z o’yinlarida ko’proq o’sha davrning yaramas illatlarini fosh etganlar. Qiziqchilar va askiyachilar sudxo’r boylarni va din neshvolari kirdikorlarini hajv etganlar. Xalq san’atida akrobatika nayrangbozlik, darbozlik o’yinlari muhim o’rin tutgan. Butun bir masxarabozlar oilasi bo’lgan.
Xulosa qilib shuni qayd etish mumkinki, Xudoyorxon hukmronligi davri ichki va tashqi urushlar kuchaygan davr sifatida belgilansada madaniy hayon bir maromda bo’masada taraqqiy etdi. Xudoyorxon hukmronlik davrida poytaht Qo’qon va xonlikning boshqa yirik shaharlarida ko’plab me’moriy yodgorliklari barpo etildi. Xususan, poytahtda Xudoyorxon O’rdasi, Hokim Oyim madrasasi, Andijonda Sulton Murodbek madrasasi, Namangan Mavlavi madrasasi va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning ichida XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi alohida o’rin tutadi. U o’zining koshinlari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi. Xudoyorxon hukmronlik davrida ham ko’plab tarixchlilar yashab, ijod qildilar. Ularning asarlari Ozbekiston tarixi to’g’risida muhim manbalardan xisblanadi. Shuningdek bu davrda ko’plab shoiralr ijod qilgani ham ahamiyatlidir. Shavqiy Namongoniy, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy, Furqat va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda xalq ijodiyoti, amaliy san’at, musiqa, tasviriy sana’t kabi sohalar rivoj topib xozirda ham bular o’zini ijobiy ta’sirini o’tkazmoqda. Xudoyorxon hukmronligi davrida Qo’qon xonligini qo’shni mamlakatlar bilan ijod ahlini o’zaro hamkorlikda madaniy va adabiy aloqalar olib bordi.
Qo`qon xonligi davrida Farg’ona vodiysi shaharlari iqtisodiy markazgina bo`lib qolmasdan, ilm-fan, madaniyat markazlari ham edi. Xonlikning Qo`qon, Namangan, Marg’ilon, Andijon kabi shaharlarida ilm-fan taraqqiy etgan. Bu ushbu shaharlarda yetishib chiqqan ilm-fan vakillari va qurilgan me`moriy yodgorliklarda nomoyon bo`ladi. Bu davrda ham xonlik poytaxti Qo`qonga qo`shni xonliklardan ham ilm-fan vakillari kelib ijod qilganlar.
Xudoyorxon o’rdasi 1863-1870 yillarda Qo’qon xoni Xudoyorxon tomonidan bunyod etilgan. Saroy qurulishida shu yerlik ustalar mulla Suyaqul, usta Solixo’ja va Buxorolik usta Fozilxo’ja hamda me’mor Mir Ubaydullalar mas’ul qilinadi. Hozirgi ma’lumotlarga ko’ra saroy 8 gektarga yaqin joyni egallab, to’rtta qismdan: tashqi saroy (qal’a), o’rta saroy, bog’ va ichki saroydan iborat bo’lgan. Tashqi saroy mudofaa vazifasini bajarib bu yerda to’pxona, sarbozxona, qurol yarog’ omborxona xo’jalik omborlari kabi binolar joylashgan. O’rta saroyda esa ikkinchi darajadagi idoralar, oshxona, oziq-ovqat omborlari, hovuzlar, ustaxona va boshqa binolar joylashgan. Ichki saroyning murakkab tarxi to’g’ri burchak shaklda bo’lib (65х143 m), yettita hovli va 114 ta xonadan iborat bo’lgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki 114 raqami Qur’oni Karimdagi suralar soniga ishora bo’lib, me’morlar bu raqamni inshootda aks ettirishga harakat qilishgan. Ammo hozirgi kunda ushbu xonalardan faqat 19 tasi bizgacha yetib kelgan. Ichki saroy rasmiy jihatdan qabul uchun ko’rkam zal (ko’rinishxona), xazina (zarrinxona), alohida sahnli masjid, qabulxona uchun kichik zal (salomxona)lardan iborat maxkama, xon yashaydigan binolar turkumi hamda hovli sahnlari bilan o’zaro bog’lanib ketgan haramdan iborat bo’lgan. Hozirgi kunda ushbu komplekslardan faqat ichki saroyning peshtoq, darvoza va darvozaxona, devon, salomxona va xos xujra qismlari saqlanib qolgan. Darvozaxona peshtoqiga arab imlosida yirik harflar bilan “Arki oily Said Muhammad Xudoyorxon” so’zlari yozilgan. Me'moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g'isht, marmar, quyma ganch, parket, tosh, yog'och, turnika, har xil qimmatbaho toshlar va boshqa ashvolar ishlatilgan. Saroyning bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan) pishiq g'ishtdan (26x26x5 sm) ganj suvoqda terilgan devorlarga bir g'isht chuqurlikda ravoqlar ishlangan. Peshtoq o'rda devoridan birmuncha bo'rttirib oldinga chiqarib qurilgan. baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m bo'lgan qiya yo'lka pandus orqali o'tiladi. Xudoyorxon o'rdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to'rtburchak tarhli darvozaxonaga o'tiladi, darvozaxona gumbazi o'zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo'yilgan; gumbaz usti, o'z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorug'lik tushadi. O'rdaning bosh tarhi, xonalar, koshinlar, o'yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari lovuzakli bo'lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan.
Me'morchilikda Sharq an'analari asosidagi gumbazsimon, to'g'ri to'rtburchak, Hisor uslubida qurilgan. Ushbu inshoot faqat bitta hukmdor tomonidan qurilgan va faqat shu hukmdorgina ushbu saroydan davlat boshqaruvida va boshqa jabhalarda faoliyat yurita olgan. O'rdaning Farg'ona vodiysidagi boshqa tarixiy inshootlardan farqli jihati shundaki, u £3aylat hukmdorning saroyi hisoblangan. 1924-yilda Xudoyorxon o'rdasida Qo'qon xonligi yutuqlari ko'rgazmasi ochilgan.Xudoyorxon o'rdasining 1998, 2002-yillarda ta'mirtalab qismlari tiklandi. 1925-yildan saroyda Qo'qon shahar o'lkashunoslik muzeyi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 1938 yilda Xudoyorxon o’rdasida me’mor Obid Zayniddinov loyihasi asosida ta’mirlash ishlari olib borildi. O'zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e'tiborga to'xtaladigan bo'lsak, mustaqillik yillarida boshqa tarixiy yodgorliklar qatori Xudoyorxon saroyi ham qayta ta'mirdan chiqdi.
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustdagi "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi qonunga binoan madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasiga davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkanlasi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar. 2008-yil 12-sentabrda "Muzeylar to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me'moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng avvalo, hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo'lgan. O'z navbatida, milliy parchalanish milliy yakdillikni yemirib, mahalliychilikning avj olishiga zamin hozirlab berdi. Milliy parchalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy va ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning iqtisodiy va harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik Markaziy Osiyo xalqlarini Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy qaramlikka olib keldi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin