Qora metall prokati, shu jumladan po‘lat soqqalar sotuvi birja savdolari orqali, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali o‘rtacha birja narxlar bo‘yicha respublikaning yirik isteʼmolchilariga, budjet hisobiga moliyalashtirilayotgan isteʼmolchilar bundan mustasno, har yili tasdiqlanayotgan qora metallar prokatini ishlab chiqarish va sotish balansiga asosan amalga oshiriladi.
“Oʼzbekiston metallurgiya kombinati” АJ (keyingi oʼrinlarda – Kompaniya) korporativ boshqaruv tizimini baholash toʼgʼrisidagi xulosa “Investment Management Group” MChJ (keyingi oʼrinlarda – Baholovchi) tomonidan tayyorlandi.
Korporativ boshqaruv tizimini baholash Oʼzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʼmitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi tomonidan tasdiqlangan “Korporativ boshqaruv tizimini baholash soʼrovnomasi”ga asosida Jamiyat tomonidan taqdim etilgan hamda uning rasmiy veb-sayti (www.uzbeksteel.uz) va Korporativ axborot portaliga (www.openinfo.uz) joylashtirilgan maʼlumotlar yordamida amalga oshirildi.
Kompaniya rahbariyati Baholovchiga taqdim etilgan maʼlumotlar taqdim etilgan maʼlumotlar hamda veb-saytlarga joylashtirilgan boshqa materiallarning toʼliqligi va ishonchliligi uchun masʼul hisoblanadi.
XULOSА
Kompaniyaning 2022 yil 3 chorak uchun Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalariga koʼra, jami 735 ball bilan “yuqori” deb topildi, bu maksimal mumkin boʼlgan natijaning 61 foizini tashkil etadi.
“Oʼzmetkombinat” АJda korporativ boshqaruv tizimi joriy etilish holati toʼgʼrisida