O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi* Reja


Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari



Yüklə 49,83 Kb.
səhifə3/4
tarix11.05.2023
ölçüsü49,83 Kb.
#111554
1   2   3   4
O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI

Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari. Tovar va xizmatlarni davlat xaridi asosan soliq tushumlari va boshqa davlat daromadlari hisobiga moliyalashtiriladi. Ko’pchilik xarajatlar shartli tarzda hisoblangan o’z iste’moli uchun nobozor ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat bo’ladi. Ularning ayrimlari bozor ishlab chiqaruvchilarining tovar va xizmatlari ham bo’lishi mumkin.
Tovar va xizmatlarnining davlat xaridiga markaziy hokimiyatdan tortib to mahalliy hokimiyat idoralarigacha, barcha davlat hokimiyati shahobchalari tomonidan barcha bevosita korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarilgan resurslarni, ishchi kuchini ham hisobga olganda, sotib olishga sarflangan xarajatlar kiradi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan tarnsfertlar (pensiya, nafaqa va boshqalar) davlat xaridlariga kiritilmaydi, chunki ular joriy ishlab chiqarish hajmining o’sishini ifodalamaydilar va birlamchi daromadlarni qayta taqsimlash bo’lib hisoblanadilar.
Davlat boshqaruv idoralarining haqiqatdagi pirovard iste’moli ularning kollektiv xizmatlargan sarflangan xarajatlar qiymatiga tenglashtiriladi. Kollektiv xizmatlar umuman jamiyatga, yoki ma’lum ijtimoiy guruhlarga foyda keltirsada, ularning haqiqatdagi pirovard iste’molini individual uy xo’jaliklariga tegishli deb hisoblab bo’lmaydi. Ular ushbu xarajatlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv idoralarining xarajatlari bo’lib hisoblanadi.
Sof eksport. YAIM o’ziga ma’lum davlat bozoridagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari qamrab oladi. Demak, xorijiy rezidentlarning tovar va xizmatlarga ushbu mamlakat doirasidagi barcha xarajatlari ushbu mamlakat aholisining xarajatlari singari bog’liqlikdadir. Shu sababli, xorijliklarning ushbu mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilishga sarflagan xarajatlarini, ya’ni eksportni, YAIM hajmini xarajatlar usuli bo’yicha hisoblashda inobatga olish zarur. Boshqa tomondan, mamlakatda uy xo’jaliklari yoki davlat tomonidan iste’mol qilingan iste’mol va investitsion tovarlarning bir qismi xorijdan import qilingan bo’lishi mumkin. Shu sababli ular mamlakat YAIM tarkibiga kiritilmasligi kerak, chunki ular xorij mamlakatlari ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi va ularni YAIM tarkibidan chiqarish kerak.
Shunday qilib, birinchi holatda eksportni YAIM tarkibiga qo’shdik, ikkinchisida esa – ayirdik. Ushbu farq sof eksport deb nomlanadi. Qayd qilish lozimki, sof eksportning miqdori ham musbat, ham manfiy bo’lishi mumkin.
Import hajmini hisoblashda, tovarlarning nafaqat xorijdan olib kelinganligi, balki xorijdan olib kelinish tranzit yoki uchinchi mamlakat bilan xorijiy operatsiyalar sharoitida ham sodir bo’lishi mumkinligi sababli, mamlakat ichida foydalanganligi ham hisobga olininshi talab qilinadi. Xuddi shu sababli, har qanday mamlakat hududidan tovarlarni olib chiqishlar ham, eksport bo’lib hisoblanmasligi mumkin.
Import va eksportning quyidagi turlari mavjud:
– bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) import va eksport. Bunda tovarlar bevosita chet eldan ushbu mamlakat iqtisodiy hududiga olib kelinadi va chet elga olib chiqiladi;
– tovarlarni omborxonalarda saqlash operatsiyalari.

Yüklə 49,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin