O'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti O'zbekiston Milliy Uneversiteti


Xorij tajribasi asosida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish



Yüklə 469,76 Kb.
səhifə5/6
tarix18.07.2023
ölçüsü469,76 Kb.
#136830
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

4. Xorij tajribasi asosida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish

istiqbollari

Pensiya ta’minoti bugungi kunda har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Ammo turli davlatlar pensiya tizimlari bir biridan o`ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Davlat pensiya ta’minotini takomillashtirishda kopgina xorij tajribalari asos boladi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohatlarning chuqurlashuvi bilan birga, iqtisodiy islohatlarda pensiya tizimini isloh qilishham muhim hamiyatga egadir. Shuningdek, Pensiya jamg`armasi daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanish borasidagi muammolarning qisman bo`lsada mavjudligi uni isloh qilishning zarur ekanligini ko`rsatadi. Ushbu mavjud muammolarni hal etishda jahonning rivojlangan mamlakatlari o`zining pensiya tizimini isloh etishda to`plangan ilg`or tajribalarini aniqlash hamda uni amaliyotimizda qollashimiz muhim hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, mamlakatdagi samarali ijtimoiy ta’minot tizimi ba`zi vujudga kelishi mumkin bo`lgan ijtimoiy muammolarning oldini oladi. Rossiya Federatsiyasining pensiya tizimiga e`tibor bersak: Rossiya Federatsiyasi pensiya fondi turli xil pensiya turlarini o`z ichiga oladi, o`zining 42.5 milliondan ortiq fuqarolarini va undan tashqari Rossiya fuqarosi bo`lgan dunyoning qariyib 121 dan ortiq mamlakatlarining 270,000 dan ortiq rezidentlarini ijtimoiy to`lovlar bilan ta`minlaydi. Jahonning aksariyat mamlakatlarida ko’tarilayotgan eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri bu demografik o’zgarishlar sababli mamlakatlar pensiya tizimlarida yuzaga kelayotgan inqirozlarni optimal hal qilish masalasidir, mazkur masalaning eng optimal yo’llarini topish ustida jahon hamjamiyatida keng ko’lamli tadqiqotlar o’tkazilmoqda. Dunyo olimlari mazkur muammoni yechishning eng oddiy yo’li sifatida pensiya tizimini ishlovchilarning to’lagan badallariga to’liq bog’langan tizimini joriy etish zarurligida deb biladi. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida quyidagi pensiya turlari amal qiladi:


− sug`urtaviy pensiyalar (ularning 3 turi mavjud bo`lib: qarilik; nogironlik
va boquvchisini yo`qotganlik pensiyalari);
− davlat pensiyalari bu pensiyalar 4 turdagi pensiyani o`z ichiga oladi: uzoq
xizmat qilganligi uchun beriladigan pensiya bu federal xizmatchilarga pensiyalar
sinovchi uchuvchilariga, xizmatchilarga va kosmonavtlarga beriladigan pensiya
turi,beriladigan pensiya turi, qarilik, nogironlik va boquvchisini yo`qotgan, ka`m
ta`minlanganlar uchun beriladigan pensiyalar;
- ijtimoiy nafaqalar;
− jamg`arib boriladigan pensiyalar.

Eng keng tarqalgan pensiya turi bu qarilik pensiyasi hisoblanadi. Pensiyaga chiqishi yoki erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh qilib belgilangan,ba`zi pensiya to`g`risidagi qonunlarga ko`ra ma`lum bir ish staji ham talab qilinadi.Ba`zi sanoat korxonalari, tashkilotlar va institutlarda qilayotgan kasbiga ko`ra muddatidan oldin pensiyaga ruxsat etiladi. Bu pensiyaning shakllanish manbasi oylik ish haqi hisoblanib olinayotgan 22% lik ijtimoiy to`lovlarning 6%i davlat pensiya fondlariga o`tkaziladi, a`zolik badali 2017-yil yanvar holatiga 5000 rubl qilib belgilangan. Undan keyingisi nogironlik nafaqasi hisoblanib u I, II va III guruh nogironlariga alohida belgilanadi va bunda nogironning qaramog`idagi farzandlari soni ham hisobga olinadi.Agar nogironlik nafaqasini olayotgan shaxs ish haqi olib ishlay boshlasa, unga nogironlik nafaqa puli to`lanmaydi. Doimiy tibbiy ko`rikka muhtoj va nogironlik nafaqasini oluvchilarga tibbiy ko`riklar uchun har oyda 1200 rubldan kunlik ko`rik uchun 225 rubldan chegirmalar beriladi.




Hozirda Rossiya pensiya tizimidagi eng ilg`or va rivojlanib kelayotgan soha
bu nodavlat pensiya fondlaridir. Nodavlat pensiya fondlarida (NPF) fuqarolar o`z
topgan mablag`lari hisobidan o`zlarining kelajakda olishlari mumkin bo`lgan
pensiya pullari hajmini shakllantiradilar. NPF lar o`z mijozlari uchun ikki xil tarif
ochgan bo`lib ulardan birida har oyda oylik to`lovlar orqali pensiyani
shakllantirilsa, ikkinchisida bir martalik to`lovlar orqali shakllantirilib boriladi, bu
esa mavsumiy biznes bilan shug`ullanuvchilarga qator qulayliklar yaratadi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda qonun hujjatlariga binoan NPF larga kiritiladigan
badallarga va NPF lardan olinadigan pensiyalarga hech qanday soliq solinmaydi.
Korxonalar uchun esa xodimlar foydasiga badallar kiritish soliq solinadigan bazani
kamaytiradi. Bu esa NPF larga a`o bo`lish xodim uchun ham, korxona uchun ham
birdek foydali ekanligini bildiradi. Bularning hammasi davlat tomonidan NPF larni
rivojlantirish chora-tadbirlari natijasidir. Yana qayd etishimiz joizki, jami NPF lar
aktivlari yildan yilga 18.6 foizga oshmoqda, buyiliga 2034 mlrd. rubl deganidir.
Shu bilan bir vaqtda NPf lar soni ham oshib bormoqda.2016-yil yakuniga kelib sug`urta agentliklari tomonidan ro`yhatga olingan NPF lar soni 43 taga yetdi. Bunday turdagi pensiya fondlari mamlakatdagi pensiya siyosatini
barqarorlashtirishda va pensiya tizmidagi ziddiyatli vaziyatlarni yumshatishda
muhim rol o`ynaydi va qarilikda ijtimoiy ta’minotning muhim bog`iniga aylanadi.
Shu bilan bir vaqtda, NPF larining investitsion salohiyati orqali mamlakat
iqtisodiyotining ko`plab tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati paydo bo`ladi,
natijada NPF lardan keladigan soliq tushumlari va ular tomonidan yaratilgan
korxona biznes faoliyatidan keladigan foyda butun mamlakat iqtisodiyoti o`sishiga


sezilarli ta`sir o`tkazadi. O`zbekiston sharoitida ham NPF lar faoliyatiga zamin yaratish va xususiy pensiya fondlarini tashkillashtirish mamalakatdagi barqaror iqtisodiy o`sishga turtki bo`luvchi omillardan biri bo`ladi. Yana bir rivojlangan mamlakat Yaponiya pensiya tizimi bugungi kunda dunyo bo`yicha o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda Yaponiyada aholi qarishi sharoitida pensiya to`lovlari miqdorining jadal oshib borishi va past darajadagi soliq bazasi sharoitida davlat qarzining oshishi pensiya tizimini isloh etishning dolzarbligini kuchaytirmoqda. Pensiya tizimi barqarorligining “Allianz” indeksi bo`yicha Yaponiya 2016-yilda 54 mamlakat tarkibida 46-o`rinni egalladi va pensiya tizimini isloh etishi zaruriyati yuqori bo`lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Yaponiya xukumati pensiya tizimini isloh qilishning quyidagi yo`nalishlarini ko`rib chiqmoqda: pensiya yoshini oshirish, qoplash koeffitsentini kamaytirish va pensiya badallari stavkasini oshirish. Yaponiyada umr davomiyligi va pensiya yoshi o`rtasidagi farq boshqa davlatlarda nisbatan yuqoridir. Tug`ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 2030 –yilga borib ayollar uchun 89,4 yosh, erkaklar uchun esa 82,4 yoshga yetishi kutilmoqda. Milliy pensiya dasturi pensionerlari uchun 2000-2030 yillar davomida agar pensiya yoshi 65 yoshda o`zgarishsiz qolsa, pensiya yoshida kutilayotgan umr davomiyligi 4 yilga ortishi qutilmoqda. Kasbiy pensiya dasturida ushbu ko`rsatkich pensiya yoshining muntazam oshirib borilishi tufayli 2030-yilga kelib milliy pensiya tizimidagi ko`rsatkich bilan teng bo`lishi kutilmoqda. Pensiyaga chiqish yoshini oshirish ishchi kuchining keksa ishchilar xisobiga ortishi va daromadlarning oshishi xisobiga iste`mol xarajatlari ortishi tufayli uzoq muddatli davrda iqtisodiy o`sishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Pensiya yoshini oshirish soliq yukining yosh va keksa avlod o`rtasida nisbatan adolatliroq taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu islohat pensiya badallarini kamaytirish xisobiga ish beruvchilarning ishchi kuchiga bo`lgan xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi va uy xo`jaliklarining ixtiyoridagi daromadlarini oshiradi. Yaponiyaning 65 yoshdan oshgan aholisi nisbatan sog`lom va mehnat qobilyatini yo`qotish ehtimoli juda kam bo`lsada, ular pensiya yoshining oshirilishi keksalikdagi qashshoqlikni keltirib chiqarmasligini ta`minlash maqsadida qarilikdagi nogironlik pensiyasi va ijtimoiy yordam dasturlari bilan ijtimoiy sug`urtalanishi kerak. Qoplash koeffitsentini pasaytirish kelgusida tayanch pensiya tizimini davlat byudjeti xisobidan moliyalashtirishni qisqartirishga olib kelsada, ushbu islohat keksalar qashshoqligi muammosini kuchaytirishi mumkin. 2020-yilga qadar ushbu koeffitsentni bosqichma-bosqich 3% kamaytirish pensiya ta’minotiga byudjet xarajatlarining YAIMga nisbatan 0,5 % ga kamayishiga olib keladi. Ushbu islohat soliq yukini yosh avlodga nisbatan keksa avlodga ko`proq yuklab avlodlar o`rtasidagi daromadlar taqsimlanishi tengsizligini tartibga soladi. Biroq pensionerlarning asosiy iste`mol talablarini zo`rg`a qoplovchi tayanch pensiya to`lovlarining joriy (bir yillik pensiya to`lovi 780 100 iena) xolatida qoplash koeffitsentini pasaytirish keksalikdagi qashshoqlikning oldini olish-imkoniyatlarini kamaytiradi. Ushbu islohat natijasida byudjet mablag`larining ma`lum miqdorda tejalishi bilan birgalikda, ijtimoiy himoyaga bo`lgan xarajatlar ortib ketishi ham mumkin Yaponiyada tayanch pensiya to`lovlarining 50 foizi byudjet subsidiyalari xisobidan moliyalashtiriladi. Buning o`rniga subsidiyalar hajmini kam daromadli (kambag`al) pensionerlar uchun oshirish va aksincha, daromadlari darajasi yuqori (boy) pensionerlar uchun esa kamaytirish maqsadga muvofiq. Bunday holatda davlat byudjeti mablag`lari sezilarli darajada tejalishi mumkin va kam daromadli pensionerlarning o`rtacha pensiya daromadlari rejalashtirilgan darajadan ham oshishi mumkin. Pensiya daromadlariga nisbatan imtiyozli soliq rejimini qisqartirish ham davlat byudjeti mablag`larini sezilarli miqdorda tejashga olib keladi. Xozirgi vaqtda daromad solig`i xisoblashda davlat pensiya to`lovlarining sezilarli qismi soliqqa tortilmaydi. Bir yillik pensiya daromadlari 1,2 mln yuandan oshmagan pensionerlar uchun davlat pensiya to`lovlari to`liq daromad solig`idan ozod qilingan. Shuningdek, eng boy pensionerlarning 2 % i oladigan pensiya daromadlarining 40 % idan daromad solig`i olinmaydi. Umumiy xisobda pensiya to`lovlaridan olinadigan daromadlarning taxmiman 75% i soliqqa tortilmaydi. Pensiya badallarini oshirish davlat byudjeti mablag`larining ko`payishiga olib keladi. Tayanch pensiya tizimi pensiya badallarini 1%ga oshirish badallar umumiy summasini YAIM ga nisbatan 2020-yilda 0,5 % ga ortishiga olib keladi va ushbu mablag`lar pensiya tizimini byudjet subsidiyalari xisobidan moliyalashtirishni kamaytirishga yordam beradi. Pensiya badallarining yuqori bo`lishi, o`z navbatida, mehnat bozorida ishchi kuchi taklifiga salbiy ta`sir ko`rsatishi bilan bir qatorda, yosh avlodga nisbatan soliq yukining asossiz oshib borishiga olib keladi. yuqori keltirilgan islohatlardan ular o`rtasidagi mutanosibligini ta`minlangan holda bir vaqtning o`zida foydalanish ham mumkin. Lekin ko`rsatilgan ushbu pensiya islohatlari mamlakatning iqtisodiy o`sishiga hamda keksa va avlod o`rtasidagi mutanosiblikka turlicha ta`sir etishini xisobga olish zarur.

XULOSA

− O’zbekistonda pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining


muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Pensiya ta’minoti deyarli barcha
fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liq, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini
yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadi;
− O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash talabi kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishda yangicha amaliy va samarali shakllarni qo’llashni talab
etadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish
va undan samarali foydalanish mamlakatlarda ijtimoiy muammolarni hal qilish va
keksa kishilarni himoyalashda muhim o’rin egallaydi;
− pensiya tizimi aholining ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash va konstitutsion
huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltirilgan pul mablag’lari jamg’armasidan
foydalanishga asoslanadi;
− Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo’layotgan ijobiy
o’zgarishlar va tendensiyalar fuqarolarimiz turmush sharoitini yanada yaxshilash,
inson manfaatlarini ta’minlash sohasidagi ishlarimiz miqyosini uzluksiz ortib
borishiga sabab bo’lmoqda. Keyingi yillarda davlat tomonidan pensiya
qonunchiligini takomillashtirish, davlat pensiyalarini tayinlash va to’lashni amalga
oshirish tizimidagi keng ko’lamli tadbirlardan ko’zlangan maqsad ham zamon
talablarini hisobga olish hamda o’zgarib borayotgan sharoitga moslashishdan
iborat;
− demografik va makroiqtisodiy omillarning bevosita ta’sirida pensiya
ta’minoti tizimi isloh etib boriladi, shu munosabat bilan ularga ma’lum
muddatlarda tegishli o’zgartirishlar kiritish talab etiladi;
− nodavlat pensiya ta’minoti davlat tomonidan tartibga solinadi. Xorijiy
mamlakatlar amaliyotida pensiya ta’minotining davlat va xususiy tizimlari bir-
birini o’zaro to’ldiruvchilar hisoblanadi. Ushbu jarayon taraqqiyotning ijtimoiy maqsadlariga erishish uchun bozor mexanizmi bilan taqsimlashning davlat
mexanizmi uyg’unlashgan holda qo’llanishini taqozo etadi;
− pensiya ta’minoti umumiylikdan xususiylikka qarab rivojlanib bormoqda,
ushbu holat pensiya ta’minoti ishtirokchilarida qo’shimcha moliyaviy va tashkiliy
imkoniyatlar shakllanishiga olib keladi.
Qilingan xulosalar asosida mustaqil ish obyekti va predmeti
bo’yicha quyidagi takliflar berildi:
1. Avvalo birinchi o’rinda beradigan taklifimiz fuqarolarning pensiyaga
chiqish yoshini oshirish maqsadga muvofiq. Chunki, mamlakatimizda aholining o’rtacha umr ko’rish yoshi oshmoqda, pensioner bilan ishlovchi nisbati 1:1,5 bo’lmoqda, qo’shni malakatlarda ham, taraqqiy etgan mamlakatlarda ham pensiya yoshi oshirilmoqda. Ushbu sabablar pensiya yoshini oshirish uchun yetarli asos bo’la oladi.
2. Pensiya ta’minotiga oid qonunchilikni soddalashtirish hamda
takomillashtirish maqsadga muvofiq. Buning uchun mahallalarda fuqarolar
kengashlarida, ommaviy axborot vositalarida, iloji boricha zamonaviy dasturlar orqali fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borish kerak.
3. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan aksionerlik kompaniyalarida
mehnat qiluvchi ishchi-xodimlarga ma’lum bir muddat ishlagandan so’ng ularga davlat pensiyasiga qo’shimcha ravishda har oylik ustamalar belgilash orqali korporativ pensiyani joriy qilish kerak. Masalan, bir ishchi 5 yildan 10 yilgacha bir kompaniyada mehnat qilsa oladigan pensiya miqdoriga nisbatan 10 foiz ustama haq qo’shib berish yoki 10 yildan 15 yilgacha mehnat qilsa 15 foiz miqdorda va hunga uxshash tizimda joriy qilish maqsadga muvofiq.
4. Pensiya ta’minoti tizimida yuritilayotgan barcha reestrlarni elektron
ko’rinishga o’tkazish hamda Pensiya jamg’armasiga tegishli tartibda badal
o’tkazayotgan jismoniy shaxslarning (8 foiz), yakka tartibdagi tadbirkorlarning
(EKIHning 1 barobari) yagona reestrini tuzish kerak.
5. Amaliyotda yana shunday muammo mavjud ekanki pensiyaga Chiqayotgan fuqarolarning ko’pchiligi har xil joyda ishlaganligi sababli oylik ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarning ko’pchiligini arxivdan yo’qligi hamda fuqarolik sudiga murojat qilish orqali sud qarori bilan stajni hisobga oldirishi va bu bilan fuqaro ortiqcha ovvora bo’lishi kuzatilmoqda. Taklifim mehnat stajini bekor qilib sug’urta stajga o’tish va bu orqali Pensiya bo’lajak pensioner haqidagi ma’lumotni Davlat soliq qo’mitasi va uning hududiy bo’linmalaridan (STIR-soliq to’lovchining identifikatsion raqami) yoki AT Xalq bankidan (shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i) olishi mumkin bo’ladi.
6. Pensiyaga chiqish imtiyozlarni, shuningdek, ustamalarni qaytadan ko’rib chiqish va iloji boricha qisqartirish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 469,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin