O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


VI-BOB. YOZUV. YOZUVNING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə57/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

VI-BOB. YOZUV. YOZUVNING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY
BOSQICHLAR

Insoniyat bundan besh ming yil avval ixtiro qilgan yozuv jamiyatning rivojlanishi, unung tarixi, madaniyati, urf – odati va umuman jahon tsivilizatsiyasidan darak beruvchi eng nodir kashfiyotdir. Tilshunoslikning yozuvni o’rganuvchi sohasi “grammatalogiya” (grekcha – grammat – to’g’ri yozaman, logos – fan) deyiladi. Eramizdan tahminan 120 asr oldin turli rasmlar, skulptura va grafikaga tegishli belgilar shartli ravishda narsalar, tushunchalar va biror jumlani ifodalash uchun qo’llangan va bu piktografik (loticha pictum - rasm, pingo- chizaman) yozuvning hosil bo’lishiga asos bo’lgan.


Turli chizma grafik vositalar yordamida axborot yetkazib berish bundan bir necha yuz yil avval ham keng qo’llangan. Afrikadagi Togo mamlakatidagi eve elati piktogrammalar yrodamida maqollarni ifodalaganlar. Ignaga ip taqilgan 1-rasm (piktogramma) “Igna qayerga borsa, ip ham o’sha joyga boradi” degan maqolni ifodalaydi. Boshqa maqol: “Kichik narsalar buyuk ishlarni bajara oladi” yoki “Igna katta yirtiqni yamay oladi” 2- rasmda ifodalangan. Ikkita odamning rasmi (3) “Ikkita dushmanga uzoq bas kelish qiyin“ maqolini ifodalaydi. Ikki kishining birining qo’lida yoy (o’ngda) va ikkinchisida kamon (chapda). O’ngdagi kishining qo’li ko’ksida – “meniki” ma’nosini bildiradi. Ikkinchisida qo’lida o’ljasini ushlab turibdi. “Dunyo bepayon va keng” maqolini ifodalash uchun daraxt va aylana o’rtasidagi odamning qo’lini ochib turgani (5) chizilgan. Buning asl mazmuni: “O’limdan qochib qutilib bo’lmaydi” maqolini (6) eslatadi. Uzun bo’yli kishi – to’g’ri chiziq va qanotli hayvon – o’limni1 anglatadi.(Rasmga qarang).
Piktogrammalar o’zlarining axborot berish vazifasini to’la bajarmay, ba’zi g’oyalarni ifodalasa, ular ideogrammalar deyiladi (grekcha idea – g’oya) va ularni biriktirish vositasida biror axborot berish mumkin bo’ladi. Xitoy yozuvidagi bir necha yuzta ideogrammalar aslida narsalarni ifodalovchi rasmlardan kelib chiqqan. Bunday ideografik yozuvga shumer (keyincha akkad) yozuvi (eramizdan avval IV – I asrlar), elam yozuvi (eramizdan avval XXIII – IV asrlar), misr yozuvi (eramizdan avval XXX – V asrlar), xet yozuvi (asrimizdan avval XV – XII asr), maya yozuvi (IV – XVI asrlar) va atstek yozuvi (XVI asrgacha) ham kiradi.
Xitoy yozuvidagi ideogrammalardan ba’zilari narsalarning tasviriga o’xshash alomatlarga ega: -quyosh, -maydon, -oy, -yoy , nishon va h.k.




Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin