30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.
31-modda. Ta'limni moliyalash
Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablaglari, shuningdek byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.
32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari
Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
33-modda. Xalqaro hamkorlik
33-modda. Xalqaro hamkorlik
Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o`quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o`rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo`shma o`quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.
34-modda. Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta'lim to`grisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo`lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.