26-modda. Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi
Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi: ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqarish; ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish; davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo`lgan talablar bajarilishini ta'minlash; o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish; o`quv va o`quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish; ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to`grisidagi nizomlarni tasdiqlash; davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.