Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.
21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to`lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. Ta'lim muassasalari ish haqiga mo`ljallangan mavjud mablag`lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to`lash va uni rag`batlantirishning turli shakllarini qo`llashga haqli.