16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko`nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim Bolalar va o`smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o`smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog`lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko`rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |