15-modda. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi