Bo‘z tuproqlar tarkibidagi chirindi va umumiy azot miqdori
Tuproq tipi
|
Qatlam
|
Qatlam chuqurligi, sm
|
Gumus,
%
|
Umumiy azot, %
|
S:N
|
Och tusli bo‘z tuproq Mirzacho‘l
|
A1
A2
V1
V2
V3
S
S
|
0-4
4-18
18-37
37-55
55-72
72-120
120-140
|
1,42
0,80
0,46
0,37
0,27
0,17
0,15
|
0,103
0, 055
0,038
0,032
0,027
0, 015
0,014
|
8,0
8,4
7,2
6,7
5,8
6,5
6,2
|
Tipik bo‘z tuproq, Qashqadaryo havzasining chap qirg‘og‘i
|
A1
A2
V1
V1
V2
V3
S
|
0-6
6-16
16-26
26-40
40-72
72-100
130-205
|
2,50
1,03
0,60
0,40
0,36
0,21
0,16
|
0,165
0,078
0,047
0,038
0,032
0,023
0,017
|
8,8
7,7
7,4
6,1
6,5
5,3
5,5
|
To‘q tusli bo‘z tuproq, Angren havzasining chap qirg‘og‘i
|
A1
A2
V1
V2
V3
V3
VS
S
|
0-4
4-14
14-30
30-65
65-100
100-140
140-165
165-200
|
3,96
2,49
1,36
0,66
0,44
0,34
0,27
0,22
|
0,251
0,164
0,099
0,053
0,037
0,030
0,021
0,020
|
9,2
8,8
8,0
8,0
7,2
6,9
6,6
6,8
6,0
|
To‘q tusli bo‘z tuproq, Qashqadaryo havzasining chap qirg‘og‘i
|
A1
A2
V1
V2
V3
VS
S
|
0-5
5-22
22-43
43-95
96-130
130-175
175-235
|
3,98
2,01
1,07
0,61
0,30
0,23
0,23
|
0,250
0,132
0,076
0,051
0,027
0,020
0,015
|
9,2
8,8
8,2
6,9
6,4
6,6
8,8
|
Bo‘z tuproqlardagi umumiy azotning miqdori xuddi gumusning miqdori kabi uncha ko‘p emas. Madaniylashgan qo‘riq tuproqlarning haydalma qatlamida 0,05-0,09%, chimli qatlamida 0,09-0,25% azot bo‘ladi. Azotning miqdori och tusli bo‘z tuproqlardan to‘q tusli bo‘z tuproqlarga qarab ortib boradi. Bir gektar maydondagi tuproqning bir metrli qatlamidagi azotning zahirasi 3,5-9,2 tonnani tashkil qiladi. Shu jumladan gidrolizlanadigan azotning miqdori 100 gramm tuproqda 70-110 milligrammga tengdir.
Bo‘z tuproqlardagi chirindi azotga boyligi bilan ajralib turadi. Buni uglerodning azotga bo‘lgan nisbatining 7-9 ga tengligi va chuqur qatlamlarga o‘tgan sayin kichrayib borishi ham yaqqol ko‘rsatadi.
Tavsiflanayotgan tuproqlar tarkibidagi chirindi gumatli va fulvatli-gumatli chunki, chimli qatlamda gumin kislotlarning fulvo kislotlarga nisbati birdan kattaroq bo‘lgani holda, pastki qatlamlarda ushbu nisbat birdan kichik bo‘lib qoladi.
Bo‘z tuproqlar fosforga boy tuproqlar jumlasiga kiradi. Eng ko‘p fosfor (0,25% va undan ham ko‘proq) tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlarning chirindili-akkumulyativ qatlamida kuzatiladi. Bu bevosita shu qatlamda fosforning biogen yo‘l bilan to‘planganligini ko‘rsatadi (15- jadval).
Tuproq hosil qiluvchi ona jins – lyossning tarkibidagi fosfor miqdori 0,10-0,12% dan oshmaydi. Och tusli bo‘z tuproqlarda fosforning biogen yo‘l bilan to‘planishi ancha sust ketadi. Tuproqdagi fosfororganik birikmalar qatoriga nuklein kilotalar, fosforidlar, fitin, qandli fosfatlar va fitinning temirli birikmalarini kiritish mumkin. Bo‘z tuproqlardagi mineral xolatdagi fosfor apatitlar, karbonat- apatitlar va boshqa ftorli–kalsiyli tuzlardan iborat.
Bo‘z tuproqlar tarkibida umumiy fosforning miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramasdan o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiradigan fosfatlar bilan kam darajada ta’minlanishgan. Faqatgina qo‘riq bo‘z tuproqlarning chimli qatlamida 87-117 mg/kg harakatchan fosfor bo‘lishi mumkin. Lalmi bo‘z tuproqlarning haydalma qatlamidagi harakatchan fosfatlarning miqdori bir kilogramm tuproqda 13-15 milligrammdan oshmaydi.
15-jadval
Dostları ilə paylaş: |