O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə41/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Qashqadaryo deltasi

0-7

0,24

0,022

6,3

0,10

26,0

1,9

163,9

10-20

0,36

0,027

7,7

0,09

10,4

1,9

241,0

30-40

0,26

0,023

6,3

0,08

7,2

1,7

96,4

50-60

0,13

0,017
















Taqirli tuproqlar tuproq xosil qiluvchi ona jinsining xarakteridan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada sho‘rlangan bo‘lishi mumkin.


Gumusning zahirasi haydalma qatlamda gektariga 22-40 tonnani tashkil qiladi. Tuproqning yuqori qatlamlarida umumiy azotning miqdori 0,06-0,08% ga teng bo‘lib, pastki qatlamlarga qarab kamayib boradi va ancha quyida joylashgan allyuviyda atigi 0,01% ni tashkil qiladi.
Uglerodning azotga bo‘lgan nisbati 6-9 larga teng bo‘lishi bu tuproq gumusining azot bilan yuqori darajada to‘yinganligini ko‘rsatadi.
Yalpi fosforning miqdori nisbatan ko‘p 0,12-0,14%, pastki qatlamlarga o‘tgan sari sezilar sezilmas darajada kamayib boradi.
Xarakatchan fosfor bilan kam va o‘rtacha darajada ta’minlangan. Tuproq kesmasining taxminan 1 metr chuqurligida xarakatchan fosforning miqdori kamayib, 1 kg tuproqda 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi.
Taqirli tuproqlarning tarkibida yalpi kaliyning miqdori sezilarli darajada ko‘p, lekin almashinuvchan miqdori bilan past darajada ta’minlangan.
Chirindiga nisbatan boyligi, tarkibida kalloid zarrachalarning ko‘pligi, taqirli tuproqlar singdirish sig‘imining kattaligi bo‘yicha cho‘l mintaqasi tuproqlari ichida yuqori o‘rinni egallaydi.
Tuproqning granulometrik tarkibidan kelib chiqqan holda singdirish sig‘imi 7-8 mg/ekv dan 14-16 mg/ekv gacha bo‘lib, singdirish sig‘imida asosan kalsiy va magniy ko‘proq, natriy esa kamroq miqdorda uchraydi.
Taqirlarga xos eng asosiy xususiyat tuproq yuzasida uzoq vaqt atmosfera yog‘in sochinlarining saqlanib qolishi natijasida er yuzasida 5-8 sm qalinlikdagi poligonal shakldagi qatqaloqlarning yuzaga kelishidir. Namlanganda oson bo‘kadigan ilsimon zarrachalar ko‘p bo‘lganligi tufayli taqirlarning suv o‘tkazuvchanligi juda yomon va suvni tutib turish qobiliyati yuqoridir.
Umuman taqirlarda chirindi miqdori kam bo‘ladi, lekin ayrim hollarda rel’efning baland qismlaridan organik moddalarning yuvilib kelinishi hisobiga bir muncha ko‘p xam bo‘lishi mumkin. Singdirish sig‘imi o‘rtacha 8 - 15 mg/ekv ni tashkil qiladi.
Taqir tuproqlar va taqirlarga xos ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlar 12-jadvalda keltirilgan.
12 – jadval

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin