O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə39/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

6.2. Cho‘l mintaqasining tuproqlari
Cho‘l mintaqasida avtomorf tuproqlardan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, qumli cho‘l tuproqlar, taqirlar, taqircimon tuproqlar va voha taqir tuproqlari keng tarqalgan. Gidromorf tuproqlardan esa taqir-o‘tloqi, o‘tloqi va o‘tloqi-voha tuproqlari uchraydi.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar
Respublikamizning subbareal iqlimli mintaqalarida (Shimoliy Ustyurtda) o‘ziga xos morfogenetik tuzilishga ega bo‘lgan sahro-cho‘l va cho‘l belgilariga o‘xshash tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarga asosan sur tusli-qo‘ng‘ir, shimoliy sur tusli-qo‘ng‘ir va och qo‘ng‘ir tuproqlar misol bo‘la oladi.
Bu tuproqlar S.A.Shuvalov (1949), I.F.Momontov (1953), V.G. Popovlarning tushuntirishiga asosan tekislikda o‘simlik qoplami ta’sirida shakllangan tuproqlar hisoblanadi. Misol uchun Shimoliy sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar Shimoliy Ustyurtda biyurgun o‘simliklari ta’sirida shakllanib, ko‘pchilik vaqtlarda taqirli sho‘rtoblangan tuproqlarga aylanib beradi. Bu jarayonning asosiy sababchisi o‘simliklar qoplamining qalinlanishi yoki ko‘pchilik vaqtlarda siyraklanishi hisoblanadi. Mazkur tuproqlar o‘zlarining mexanik tarkibi bo‘yicha asosan o‘rta qumoqli bo‘lib, hollarda og‘ir qumoqli qatlamchalar ham uchraydi. Sho‘rlanish darajasi bo‘yicha o‘rta va kuchli sho‘rxoklashgan tuproqlar sirasiga kiradi. Bu tuproqlar shu mintaqada tarqalgan yuqorida nomlari keltirilgan tuproqlar ichida serchirindili bo‘lib, gumus miqdori 1,2-1,5% gacha eadi. SHunga binoan oziqa moddalarning miqdori ham ancha yuqori, lekin ularning o‘simliklar o‘zlashtira oladigan qismi bilan o‘rta va kam darajada ta’minlangandir. Shuni ta’kidlash lozimki, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar Respublikamizning faqat Ustyurt Platosida emas, balki ko‘pchilik mintaqalarda, jumladan, Navoiy, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo o‘lkalarida ham keng tarqalgan, biroq ular bir-birlaridan o‘zlarining morfogenetik tuzilishi, ya’ni tuproq hosil bo‘lish jarayonlari, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sust yoki faolligiga bog‘liq ravishda bir-biridan keskin farq qiladi. Misol uchun, Ustyurt platosida tarqalgan sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar yoki Malikcho‘lda tarqalgan sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar o‘simlik, hayvonot dunyosi, joyning geomorfologik yoki boshqa sharoitlari ta’sirida gumus, oziqa moddalari, sho‘rlanganlik darajasi, fizik va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi.
Sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar cho‘l mintaqasi tuproqlarining 1/3 qismini tashkil qilib, asosan platolar, qadimiy yotqiziqlarning yoyilmalari konuslarida, shuningdek daryolarning deltalari va pillapoyalarida keng tarqalgan. Sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar Qarshi cho‘li, Malikcho‘l, Sherobod cho‘li hamda Namanganning Pop tumani atroflarida katta maydonlarni egallaydi.
Bu tuproqlarda 3 ta qatlamni kuzatish mumkin:
A) sur tusli engil zichlashgan qatlam;
B) uning ostidagi 30-60 sm qalinlikdagi qo‘ng‘ir qizil tusli qatlam;
V) sementlashgan konglomeratli qatlam
Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari barcha tuproqlar ichida eng kam miqdordagi chirindi tutsada, sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlar shu mintaqa tuproqlari ichida chirindi bilan eng kam ta’minlanganligi bilan ajralib turadi. 0-10 sm li qatlamdagi gumusning miqdori o‘rtacha 0,29% ga, 40-50 sm li qatlamda esa bu ko‘rsatkich 0-14% ga tengdir.
Umumiy azotning miqdori ham chirindi miqdoriga bog‘liq bo‘lib, yuza qatlamlarda 0,05% ni, 90-100 sm li qatlamda 0,001-0,002% ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston tuproqlari yalpi fosforga boy tuproqlardan hisoblanadi, lekin sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda fosforning miqdori ancha kam. Buni tuproq hosil qiluvchi ona jins – elyuviy, ba’zan prolyuvial yotqiziqlarning tarkibida mazkur element miqdorining kamligi bilan izohlash mumkin.
Arid iqlim sharoitlarida o‘simlik qoplami ancha siyrak bo‘ladi, bu tabiiyki fosfatlarni tuproqning yuza qatlamlarida geologik akumlyasiyalanishining kuchsiz bo‘lishiga olib keladi. Tavsiflanayotgan tuproq tipi xarakatchan fosfatlar bilan kam va juda kam darajada ta’minlangan.
Yalpi kaliyning miqdori bo‘yicha boshqa avtomorf tuproqlardan uncha farq qilmaydi. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning yuza 0-25 sm li qatlamida 1,7-2,0% atrofida kaliy bo‘lib, bu miqdor chuqur qatlamlarga qarab kamayib boradi. Almashinadigan kaliyning miqdori bo‘yicha sur tusli-qo‘ng‘ir tuproqlarni o‘rtacha va yuqori darajada ta’minlangan tuproqlar jumlasiga kiritish mumkin (200-400 mg/kg). Aytib o‘tilgan fikrlar 8-jadvalda o‘z ifodasini topgan.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning singdirish kompleksi ishqoriy er asoslari bilan to‘yingan bo‘lib, uning asosiy qismi kalsiyning hissasiga to‘g‘ri keladi (60-80%). Pastki qatlamlarga qarab bu elementning miqdori asta sekin kamayib boradi.
Ko‘rib o‘tilayotgan har ikki tuproq kesmasining yuqori qatlamlarida kaliyning miqdori magniyning miqdoriga qaraganda ko‘p, lekin quyi qatlamlarga o‘tgan sari magniyning miqdori ortib boradi.
Natriyning miqdori qadimiy provlyuviyda shakllangan sur tusli- qo‘ng‘ir tuproqlarda 2,2-4,7% ni , yangi prolyuviyda shakllangan tuproqda esa 3,7- 4,75% ni tashkil qiladi.
8-jadval

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin