5.3. Tuproqning muhiti Tuproq eritmasing muhiti undagi vodorod (N) ionlarining gidroksid ionlariga (ON) bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Eritmadagi vodorod ionlar ning konsentratsiyasini rN belgi bilan ko‘rsatish qabul qilingan. Qaysiki, vodorod ionlari konsentratsiyasi manfiy logorifmini ifodalaydi. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi rN ning kattaligi asosida tuproq eritmasining muhiti quyidagilarga bo‘linadi (6- jadval).
6-jadval
Tuproq eritmasining muhiti
Tabiiy sharoitlarda tuproq eritmasining muhiti (pH) 3,0 dan 9-10 gacha (sho‘rtoblar) bo‘lib, ko‘proq 4-8 oralig‘ida bo‘ladi.
Sinov savollari: 1. Tuproqlarning singdirish sig‘imi vasingdirish qobiliyati.
2. Tuproq singdirish kompleksida elementlarni almashinishi va tuproqlarning o‘zgarishi.
3. Tuproq muhiti nima?
6 BOB. O‘ZBEKISTON TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY TAVSIFI Umuman O‘rta Osiyo hududini tuproq-iqlim sharoitiga qarab ikkita katta qismga ajratish mumkin:
Turon past tekisligini o‘z ichiga oladigan cho‘l mintaqasi;
Yassi tog‘liklar adirlar va tog‘ oldi tekisliklarini o‘z ichiga oladigan bo‘z tuproqlarga xos bo‘lgan chala cho‘l mintaqasi.
S.N.Rijov va S.P.Suchkovlar (1951) bu ikki mintaqaning har birini 3 tadan kichik mintaqalarga bo‘ladilar.
1. Cho‘l mintaqasining shimoliy markaziy va janubiy mintaqalari
2. Chala cho‘l mintaqasining: och tusli bo‘z tuproqlari, tipik bo‘z tuproqlar va to‘q tusli bo‘z tuproqlar (7-jadval).
7- jadval