O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o‘rtacha nisbiy miqdori, foiz hisobida



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə26/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o‘rtacha nisbiy miqdori, foiz hisobida (A.P.Vinogradov, 1950)



Elementlar

Litosferada

Tuproqda

Elementlar

Litosferada

Tuproqda

O

47,20

49,00

C

0,10

2,00

Si

27,60

33,00

S

0,09

0,085

Al

8,80

7,14

Mn

0,09

0,085

Fe

5,10

3,80

P

0,08

0,08

Ca

3,60

1,37

N

0,01

0,10

Na

2,64

0,63

Cu

0,01

0,002

K

2,60

1,36

Zn

0,005

0,005

Mg

2,10

0,60

Co

0,003

0,0008

Ti

0,60

0,46

B

0,0003

0,001

H

0,15

5,40

Mo

0,0003

0,0003

Nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida ayrim elementlarning miqdori o‘zgaradi. Tuproqda litosferaga nisbatan kislorod, vodorod va kremniy ko‘payib, alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliy va boshqa elementlar kamayadi. Nurash natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak jinslarda magmatik jinslarga nisbatan kremnezyom (SiO2) ko‘proq to‘planadi. Qumli jinslarda kremnezyom 90 foizdan ko‘p bo‘lib, qumoq va soz tarkibli jinslarda uning miqdori 50-70 foizgacha kamayadi, ammo Al2O3, Fe2O3 singari oksidlar ko‘payadi. S.V.Zonn (1969) SiO2:R2O (R2O5 - loyqa zarrachalardagi alyuminiy va temir oksidining yalpi miqdori) nisbatiga ko‘ra nurash po‘stining quyidagi turlarini ajratadi:


1. Allitli nurash po‘sti (SiO2:R2O3 < 2.5); o‘z navbatida u allitli (Al2O3 miqdori Fe2O3 ga nisbatan juda ko‘p), ferralitli (Al2O3 miqdori Fe2O3 dan ko‘p) va ferritli (Fe2O3 miqdori SiO2 va Al2O3 ga nisbatan nafaqat loyqa zarrachalarida, balki umuman er po‘stida ko‘p) kabi guruhlarga bo‘linadi.
2. Siallitli nurash po‘sti (SiO2:R2O3 > 2,5) siallitli va ferrisiallitli guruhga ajratiladi. Ferrisiallitli guruh SiO2:R2O3 nisbatining ancha qisqa bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Tuproqning mexanik tarkibi qanchalik og‘ir bo‘lsa, ikkilamchi-yuqori dispers minerallar shuncha ko‘payadi. Unda kremnezem kamayib, alyuminiy va temir oksidlari, shuningdek kimyoviy birikkan suv miqdori ko‘payadi. Demak, tuproqning kimyoviy tarkibi tuproq paydo qiluvchi jinslarning geokimyoviy xususiyatlariga bevosita bog‘liq.
Ayrim granulometrik fraksiyalar mineralogik tarkibining turlicha bo‘lishligi sababli ulardagi kimyoviy elementlarning tarqalishi ham bir xil emas. Kremniyning miqdori kvarsga boy bo‘lgan 0,25 mm dan katta fraksiyalarda yuqori, nozik fraksiyalarda esa dala shpatlari va ayniqsa temir saqlaydigan boshqa birlamchi minerallarning miqdori ko‘payadi va shu sababli alyuminiy, temir va boshqa elementlarning miqdori oshadi.
Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar turli birikmalar holida bo‘lib, ulardagi mineral va organik moddalarning tarkibi bilan bevosita bog‘liq. Quyida tuproqdagi ayrim element birikmalari va ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati haqida qisqa to’xtalib o‘tamiz.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin