O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Bo‘z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə46/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

6.6. Bo‘z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari
Sizot suvlari nisbatan yuza joylashgan maydonlarda gidromorf tuproqlar shakllangan. Ular jumlasiga o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi va botqoq tuproqlar kiradi. O‘tloqi tuproqlar gidromorf tuproqlar ichida eng keng tarqalgan tuproq hisoblanadi. Ularning hosil bo‘lishida qalin chim hosil qiladigan va o‘zidan ko‘p miqdorda organik massa qoldiradigan o‘tloq o‘simlik qoplamining roli kattadir.
O‘tloqi tuproqlar o‘z navbatida qayir-allyuvial, allyuvial va saz- o‘tloqi tuproqlarga bo‘linadi. Lekin aytib o‘tilgan o‘tloqi tuproqlar qo‘riq holida deyarli qolmagan. Sug‘orish natijasida ular o‘zlarining xususiyatlarini keskin o‘zgartirgan.
O‘zbekiston sug‘oriladigan maydonlarining deyarli 56,7% da gidromorf tuproqlar tarqalgan. Bo‘z tuproqlar mintaqasida mazkur tuproqlar 24,6% ni tashkil qiladi. Ularning ichida allyuvial o‘tloqi –voxa tuproqlar muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki allyuvial o‘tloqi voha tuproqlar sug‘oriladigan tuproqlar ichida yaxshi agrokimyoviy xususiyatlarga egaligi bilan ahamiyatlidir. Ular bo‘z tuproqlarga nisbatan organik modda va azotga ancha boy. O‘zlashtirilgandan keyingi dastlabki yillarda gumusning miqdori kamayib boradi va 1,2 -1,7% ni tashkil qiladi.
O‘tloqi-voha tuproqlarining bir metrli qatlamidagi organik moddaning zahirasi 100-150 tonnani tashkil qiladi.
Yalpi azotning miqdori kamdan kam hollarda 0,10% dan kam bo‘lmasa, odatda 0,12-0,16% ga tengdir. Oson gidrolizlanadigan azotning miqdori ham ancha ko‘p 1kg tuproqda 80-150 milligramm.
Bunday ijobiy ko‘rsatkichlar mazkur tuproqlarning bevosita biologik faolligining yuqoriligi va qulay suv-fizikaviy xususiyatlarga egaligi bilan izoxlanadi.
O‘tloqi- voxa tuproqlar chirindisining tarkibi gumin kislotalarga ancha boy bo‘lib, ularning fulvo kislotlariga nisbati 1 ga yaqindir.
Yalpi fosforning, ayniqsa harakatchan fosforning miqdori qo‘llaniladigan o‘g‘it me’yoriga, tuproqning madaniylashganlik darajasiga bog‘liq holda keng miqyosda o‘zgarib turadi.
Harakatchan kaliy bilan bu tuproqlar ancha yaxshi ta’minlangan bo‘lib, 1 kg tuproq tarkibida kamida 200 milligramm K2O uchraydi.
Singdirish sig‘imi xuddi bo‘z tuproqlardagi kabi kichik. Yutilgan kationlar ichida Sa ko‘p miqdorda uchraydi. Magniy kationi Zarafshon geokimyoviy mintaqasi tuproqlari tarkibida ancha ko‘pdir.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin