Sinov savollari:
O‘zbekiston hududi tuproqlarining iqlim sharoitlari, ularning bo‘linishi va agrokimyoviy xossasi.
Cho‘l mintaqasi tuproqlari va ularning agrokimyoviy xossalari.
Chala cho‘l mintaqasi tuproqlari va ularning agrokimyoviy tavsifi.
Bo‘z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari.
Tuproq unumdorligini oshirishga doir qanday tavsiyalar va usullar mavjud.
7 BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ER FONDI
O‘zbekiston Respublikasining er fondi 2012 yil yanvar holati bo‘yicha tuzilgan Milliy hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Er resusrlari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan hisobot yilida korxona, muassasa, fermer xo‘jaliklari va tashkilotlarning erlaridagi barcha o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik er hisobotlarini respublika bo‘yicha umumlashtirish natijasida hisoblangan.
2012 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy er maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishdagi jami erlar 44410,3 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan erlar esa 4313,1 ming gektarni yoki umumiy er maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining er fondi erlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 8 ta toifaga bo‘linadi. Er fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi 16-jadvalda va 2-rasmda hamda er fondining er turlari bo‘yicha taqsimlanishi 17-jadval va 3-rasmda ko‘rsatilgan.
16 -jadval
O‘zbekiston Respublikasi Er fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi (ming ga hisobida)
T/r
|
Er fondining toifalari
|
Umumiy maydoni
|
Jumladan sug‘oriladigan erlar
|
Jami
|
%
|
Jami
|
%
|
|
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar
|
2048,7
|
46,13
|
4213,2
|
9,5
|
|
Aholi punktlarining erlari
|
220,4
|
0,50
|
48,7
|
0,1
|
|
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan erlar
|
1979,3
|
4,46
|
12,3
|
0,03
|
|
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlash-tirishga mo‘ljallangan erlar
|
75,9
|
0,17
|
1,1
|
0,002
|
|
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar
|
2,6
|
0,006
|
0
|
0
|
6.
|
O‘rmon fondi erlari
|
9629,6
|
21,68
|
31,2
|
0,07
|
7.
|
Suv fondi erlari
|
829,4
|
1,87
|
4,6
|
0,01
|
8.
|
Zahira erlar
|
11185,4
|
25,19
|
2,0
|
0,004
|
|
Jami erlar:
|
44410,3
|
100
|
4313,1
|
9,71
|
2-rasm. 2012 yil 1 yanvar xolatiga O‘zbekiston Respublikasi Er fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi
3- rasm. 2012 yil 1 yanvar xolatiga O‘zbekiston Respublikasi Er fondining er turlari bo‘yicha taqsimlanishi
17- jadval
Dostları ilə paylaş: |