O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Tuproq unumdorligini oshirishga doir tavsiyalar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə47/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

6.7. Tuproq unumdorligini oshirishga doir tavsiyalar
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati uning unumdorligi bilan belgilanadi. Tuproq atrof-muhit bilan bevosita ta’sirda bo‘lib, quyosh energiyasini, turli oziq moddalar bilan elementlarni qabul qilib oladi va murakkab biofizik-kimyoviy jarayonlar natijasida ularni o‘zida to‘playdi. O‘simliklar uchun oziq moddalardan tashqari yorug‘lik, issiqlik va kislorod, uning yashil qismi uchun esa karbonat angidridi zarur. Ana shu moddalar va zarur shart-sharoitlar o‘simliklarga tuproq orqali turli darajada etkazib turiladi. Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akad. V.R.Vilyams nomi bilan bog‘liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R.Vilyams buyicha unumdorlik deganda tuproqning o‘simliklarni suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning o‘zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida tuproqda kechadigan ko‘plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog‘liq. Unumdor tuproq o‘simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olish, mo‘‘tadil reaksiyaga ega bo‘lishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur. Buning uchun tuproqning suv-fizik xossalari va rejimlari, tuproqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari qulay bo‘lishi kerak. Shular asosida hozir tuproq unumdorligi haqida quyidagi kengroq tushunchani berish mumkin bo‘ladi.
Unumdorlik deb, tuproqning o‘simliklarni normal o‘sishi va rivojlanishi (hosil berishi) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek ularning ildiz tizimlarini etarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik- kimyoviy muhit va boshqa barcha shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi. Demak, tuproqning ishlab chiqarish qobiliyati unda kechadigan ko‘plab jarayonlar va hodisalarga bog‘liq. Shuning uchun ham tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-sharoitlariga bir vaqtning o‘zida ta’sir eta bilish kerak.
Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bo‘lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki o‘stiriladigan ekinlar turiga ham bog‘liq. Masalan, muayyan bir tuproq alohida o‘simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bo‘ladi. Chunki har xil o‘simliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bo‘lgan talabi bir xil emas.
Unumdorlik faqatgina o‘simliklar ildizi o‘sayotgan tuproqning ustki qatlamiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki tuproq osti jinslari hamda tuproq profilining tuzilishi va xususiyatlari bilan ham ifodalanadi. O‘simliklarni suv va oziq moddalar bilan ta’minlanishiga tuproqning nafaqat gumusli yoki haydalma qatlami, balki undan chuqurroq qatlamlari ham katta ta’sir etadi. Demak, unumdorlik tuproq barcha qatlamlari (profili) ning xarakteri va xususiyatlari bilan belgilanadi. Tuproqda unumdorlikning shakllanishi bilan bir qatorda o‘simliklar uchun zarur omillar va shart-sharoitlar yuzaga keladi. Tuproqning barcha fizikaviy, biologik, kimyoviy xossalari, tarkiblari va rejimlari shular jumlasiga kiradi. ToshDAU olimlari (X.Maxsudov, 2013) tuproq unumdorligining elementlari (omillari) va shart-sharoitlarini ajratadilar (1-rasm).


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin