Oʻzbekiston pespublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantipish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 22,04 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü22,04 Kb.
#124325
TAQRIZ


OʻZBEKISTON PESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIPISh VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Talaba Umarov Doston Rustaveli oʻgʻli ning


Optik tola bukilishi tufayli sodir boladigan sonishlarni tadqiq etish”
MAVZUSI BO‘YICHA VIRTUAL ISH YARATISH
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

RAHBAR MULOHAZASI


Hozirgi kunda ko'plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2 - 0,3 dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni liniya trakti bo‘ylab retranslyatsiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shovqin sathining kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar - kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega, atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniya lari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Shuningdek, ko‘p tolali optik kabellarda ko‘p juftli mis kabellarga xos elektromagnit nurlanishlarning o‘zaro ta’siri kabi muammolar yuzaga kelmaydi. Optik kabellarning bu afzalligi tufayli ishlab chiqarish korxonalari, boshqaruv markazlari, samolyot va kema kabi transport vositalarida foydalangan ma’quldir. Chunki shu kabi kichik joylarda ham energetik qurilma lar, ham avtomatika va teleboshqaruv tizimlari, ham ko‘p sonli abonent qurilmalaridan iborat tarmoqlangan aloqa tarmoqlari joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda elektromagnit va o‘zaro shovqinlar yuzaga keladi. Optik kabellarning esa bunday shovqinlarga ta’sirchan emasligi aytib o‘tildi.
Bitiruv malakaviy ishi 4 boʻlim, 90 betdan iborat.
Bitiruvchi Umarov Doston Rustaveli oʻgʻli BMI ni tayyorlashda kerakli adabiyotlardan va internet maʼlumotlaridan unumli foydalangan, maslahatlarga oʻz vaqtida keldi va oʻz bilimini koʻrsatdi, topshiriqda berilgan vazifalarni toʻliq bajardi.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan xolda BMI ni «aʼlo» bahoga va uning muallifi bitiruvchi Umarov Doston Rustaveli oʻgʻlini 5350101 – “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasiga loyiq deb hisoblayman.

TI kafedrasi katta oʻqituvchisi Mirazimova G.X.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

Talaba Umarov Doston Rustaveli oʻgʻli ning


Optik tola bukilishi tufayli sodir boladigan sonishlarni tadqiq etish”
MAVZUSI BO‘YICHA VIRTUAL ISH YARATISH
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ

Optik signal tola orqali uzatilganda yorug‘lik to‘lqinlarining tola muhiti bilan chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quwatining yo‘qolishidan optik signal so‘nadi. Ulardan asosiylari yorug‘lik nurining yutilishi va sochilishi hisoblanadi.


Umumiy holda so‘nish optik signallarning sochilishi va yutilishidan hosil bo‘luvchi yo‘qotishlar va kabel yo‘qotishlaridan yuzaga keladi. Yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar xususiy yo'qotishlar, kabel yo‘qotishlari esa qo‘shimcha yo‘qotishlar deyiladi. Xususiy yo‘qotish!arga yutilish va sochilishdan hosil boladigan yo'qotishlar kiradi. Yutilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki va tashqi boladi. ichki yutilish yo‘qotishlarini toza kremniy materiali hosil qilishi mumkin. Kabel yo‘qotishlari makrobukilishlar va mikrobukilishlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Ishlab chiqarilgan optik tolaning mukammal emasligi, tola geometriyasining o‘zgarishlari tolalani oson, tez va sifatli payvandlanmasligiga olib keladi. Payvandlash va tolalarni ulashda yo‘qolishlarga olib olib keladigan sabablar quyidagilar:
— tola o‘zaklari o’lchamlarining moslashmaganligi;
— tolalarning sindirish ko‘rsatkichlarining farqlanishi;
— tolalarni ulashda uzunasiga o‘qlarning chatishmasligi;
— tolalaming burchak aperturalarining farqlanishi;
— tolalarning zich ulamaslikdan havo pufakchalarining hosil bo‘lishi.
Bu omillarning barchasi so‘nish va yo‘qotishlarni oshiradi. So‘nish va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonida tola geometriyasining yuqori aniq bo‘lishiga katta e’tibor berish kerak.
Shu sababli BMI mavzusi va unda bayon etilgan masalalar bo‘yicha optic tolani bukilishidan hosil bo‘lgan so‘nishlarni aniqlash maqsadida virtual muhit yaratilgan. Bu virtual muhitda talabalarga optik tolani so‘nishini aniqlash bo‘yicha qator qulayliklar yaratilgan.
Bitiruv ishi 4 bo‘lim, 79 bet, bo‘limlarda tegishli rasm va jadval, xulosalardan xamda taqdimot materiallaridan iborat. Bitiruvchi reja bo‘yicha topshiriqlarni to‘liq bajargan.
Adabiyotlardan, axborot resurslaridan unumli foydalangan.
BMI da quyidagi kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan:

  • Virtual ishning soddaligi, keng ko‘lamda qilinmaganligi va BMI ning nazariy qismida bazi joylarida hatoliklarni yuzaga keltirgan.

Lekin bu kamchilik BMI ahamyatini yo‘qotmaydi, bajarilgan ish yuqori axamyatga ega. Shularni eʼtiborga olgan xolda BMI «aʼlo» bahoga, bitiruvchi Umarov Doston Rustaveli oʻgʻli 5350101 – “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasiga loyiq deb hisoblayman.
“Radialoqa, radioeshittirish va
televideniya markazi” (ToshRTUM)
bosh muhandisi B.I.Qoʻchqorbekov
Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin