51
Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonida, aniq ifodalangan ijobiy hodisalar
bilan birga salbiylari ham ko‘zga tashlanmoqda. Salbiy hodisalarga quyidagilar
kiradi:
Bir qator ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘rgatilayotgan ayrim
muhim faoliyatlar,
shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda
ta’limning o‘zagini, uning asosini tashkil qiluvchi faoliyatlar
bo‘lmagan yoki jiddiy qisqargan o‘quv
faoliyatlarining qabul
qilinishi;
faoliyat vazifasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p
me’yoridan (ko‘pincha ancha) oshirish;
sifati oddiy talablarga muvofiq kelmaydigan faoliyat turlarni
yaratish va ulardan foydalanish;
bolalar yutuqlarini baholash tizimini,
unga muqobil tizimni
yaratmay va joriy etmay turib, buzish;
to‘laqonli ta’lim uchun zarur bo‘lgan bir qator majburiy
faoliyatlarni (yoki ularning bo‘limlarini) o‘rgatishning qo‘shimcha
haq to‘lanadigan ta’lim xizmatlari sohasiga
kiritish;
o‘z mazmuni, tili va janriga ko‘ra pedagogik funksiyalarni
bajarishga qodir bo‘lmagan faoliyat darsliklari va qo‘llanmalarining
yuzaga kelishi va hokazolar.
Yuqorida bayon etilganlardan ta’lim sifatini pasaytirish va milliy ta’lim tizimi
eskirganligining
oldini olish, uni rivojlangan davlatlar tajribasi hamda milliy
ta’lim tizimini hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va
joriy etish yo‘li bilan rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish zarurligi ayon
bo‘ladi.
So‘nggi yillarda jahondagi ko‘plab mamlakatlar ta’lim tizimiga milliy ta’lim
standartlarini yaratish tendensiyasi xos bo‘lib bormoqda.
Qator mamlakatlarda
«Ta’lim standarti» nomi bilan ataluvchi hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularning
tahlili standartlar, ularga yondashuv ma’lum darajada umumiy bo‘lgani holda,
52
ta’lim amaliyotiga turli sabablar tufayli va turli maqsadlar bilan kiritilayotgani,
hujjatlarning o‘zi esa shakli va mazmuniga ko‘ra bir-biridan ancha farqlanishini
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: