O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

 
Content 
Introduction. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

1. The education system and methodology of its management 

2. 
Types of management activities and management systems in 
preschool education 
19 
3. 
Development and promotion of management and management 
science 
26 
4. 
Methodological foundations of the study of educational systems 
and the quality of education. 
39 
5. 
Functions, methods, management decisions of education 
management. 
52 
6. 
Social factors of management 
57 
7. 
Features of education quality management. 
63 
8. 
Total (general) control system 
85 
9. 
General principles of management of preschool educational 
organizations. 
103 
10. Management objectives 
125 
11. Strategic and tactical plans in the management system 
138 
12. Methods and tools for preschool education management 
156 
13. Organization of the educational organization. 
169 
14. Implementation 
of 
personnel 
management 
in 
preschool 
educational institutions. 
176 
Conclusion. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
190 
Glossary. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
192 
Test………………………………………………………………….. 
200 
References. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
208 
 



KIRISH 
Hozirda respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim borasida 
ham 
katta 
islohotlarni 
amalga 
oshirilmoqda. 
Ijtimoiy 
tuzilmalarni 
insonparvarlashtirishda yangi tamoyillarga asoslanish, bozor iqtisodiyoti 
munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi
ishsizlik, moddiy yеtishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib 
ketish muammolarni ham yеchimini topishga qaratilgan chora va tadbirlarni 
ishlab chiqishga asos bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda, bolalar, so’ngra 
esa kattalar ijtimoiy yordamga muhtojdirlar. Bunday sharoitlarda
jamiyatning ijtimoiy muammolari bilan bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni 
hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi 
mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo’ldi. Har qanday 
mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual 
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy еtukligi, 
intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama 
shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning 
mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy 
munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, 
axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. Ta’lim va 
tarbiya har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatining 
ko‘rsatkichi va taraqqiyotining asosidir. U ijtimoiy tajriba, ma’naviy-axloqiy va 
madaniy an’analarning birligini va vorisiyligini hamda jamiyat rivojini 
ta’minlaydi. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning
zamonaviy tizimi va uni boshqarishning asosiy tamoyillari, xususiyatlari 
Maktabgacha ta’limtomonidan maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsadi, 
vazifalari, maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning vazifasi, boshqarish 
usullari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari shuningdek, turli tipdagi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning prinsiplari va unga ilmiy-
nazariy yondashuviga еtibor qaratiladi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz 



ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va 
barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim 
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017-2021 
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi qarorida; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy 
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama 
intelektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
1
. Bu qaror maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus 
ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash 
imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini 
yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, 
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va 
samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar 
ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga 
yo‘naltirilganligi 
bilan 
tavsiflanib, 
bolaning 
ijobiy 
ijtimoiylashuvi 
imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-
axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari 
asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot 
doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish 
imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi __-sonli Qarori.




Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin