O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-MAVZU: TA’LIM TIZIMI VA UNI BOSHQARISH



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

1-MAVZU: TA’LIM TIZIMI VA UNI BOSHQARISH 
METODOLOGIYASI
Tayanch tushunchalar: Ta’lim tizimi, ta’lim sifati, modellashtirish,
ilmiy bilish, maktbgacha ta’lim, boshqarish, qonun hujjatlari, ta’limni tizimli 
tahlili, amaliyot sohasi, tarkibiy tahlili.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jamoasini boshqarish
o‘z navbatida boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni MTTning 
xodim va xodimlar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali 
tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning mexanizmlarini 
rivojlantirilib 
boriladi. 
Maktabgacha 
ta’lim tashkilotini hodimlarini 
boshqarishda, ta’lim tashkilotlari raxbarlari, pedagog xodimlar uchun pedagogik 
jamaoni boshqarishda bilimlarning ahamiyati, jamoada bo‘ladigan shaxslarning 
o‘zaro munosabatlarini tashkil etishiga muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib 
xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jamoani boshqarish ilmiy
asosida o‘rganiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda boshqa 
sohalari bilan uzviy bog‘likda, o‘zi to‘plagan ma’lumotlarni chuqur va ilmiy 
jihatdan oqilona tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarini boshqaruv ilmining mazmun va mohiyati xodimlarni yoki jamoa 
mehnat faoliyatini boshqarish bilan ham bog‘likdir. Jamoa yiriklashgan sari 
boshqaruvning vazifalari murakkablashib boradi. Boshqaruv jarayonining 
murakkablashuvi boshqaruv ilmidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish metodologiyasi uch xil tahlil 
darajasini: tadqiqotning umummetodologik, xususiy metodologik va aniq 
metodikalarini o‘z ichiga oladi. 
Metodologiya, metodika va tadqiqot jarayonlari o‘rtasidagi tafovut obyektiv 
ravishda vujudga kelgan vositalar tizimini aks ettiradi. Bunda gap haqqoniylikni 
o‘rganish va obyektga yaqinlashishning turli darajalarida, ya’ni oliy (uning 



barcha o‘zaro aloqalaridagi jarayonni qamrab oluvchi), o‘rta (ushbu tizimning 
ma’lum bir tarixiy sharoitlarda ishlashini qamrab oluvchi) va tajriba-sinov 
darajalarida tahlil qilish usullarini chegaralash haqida boradi. 
Umummetodologik daraja o‘rganilayotgan muammoga umumiy ijtimoiy-
falsafiy yondashuv bo‘lib, u tadqiqot obyektini va predmetini, uning barcha 
jihatlari, aloqalari va vositalarini har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. 
Dialektik metod predmetni rivojlanishda, harakatda va o‘zgarishda o‘rganilishini 
ko‘zda tutadi. O‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni bilishga bunday 
yondashuv o‘rganilayotgan tizim, hodisa yoki jarayonning qaror topish va 
rivojlanish qonuniyatlarini ochish hamda ularni isloh qilish chora-tadbirlarini 
asoslash imkonini beradi. 
Dialektik metod ta’lim sifatini umumdavlat, jamoat va shaxs nuqtai nazaridan 
ko‘rib chiqadi, umumjahon qonuniyatlari va tamoyillarini e’tiborga oladi, ta’lim 
sohasidagi milliy madaniy-tarixiy va ma’naviy-axloqiy an’analar hamda 
qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Bundan tashqari, 
«ta’lim sifati» ham umuman, ham ayrim jihatlari bo‘yicha doimiy «taftish» 
qilinadigan va to‘g‘rilab boriladigan dinamik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Bunda ta’lim sifatining muhim xususiyatlarini birlikda, o‘zaro ta’sirda, o‘zaro 
bog‘liqlikda va rivojlanishda tahlil qilish ko‘zda tutiladi. 
Tadqiqotning xususiy metodologik darajasi ular asosida tadqiq qilinadigan 
metodologik tamoyillar yig‘indisidan iborat. Bular tizimli-tarkibiy tahlil, 
kompleks, dasturiy-maqsadli, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar, nazariya va 
amaliyot, ong va faoliyat birligi tamoyillari va boshqalardir. 
Tizimli-tarkibiy tahlil dastlab XVIII asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi 
misolida ishlab chiqilgan. O‘shanda tayyor metodologiya ishlab chiqilmagan 
edi, biroq u yaxlit o‘rganishda tizimli-tarkibiy tahlil imkoniyatlari va 
istiqbollarini ko‘rsatdi. Keyinchalik ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik 
muammolarni ishlab chiqishda ushbu tamoyil tobora keng qo‘llanilmoqda. 


10 
Ta’limni tizim sifatida jamiyat tuzilmasidan ajralgan holda ko‘rish imkonini 
beruvchi mezon uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Tizimli yondashuvda 
ko‘zda tutilgan maqsadli tahlil ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy 
va boshqa jarayonlar bilan aloqalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini 
beradi. Ta’limning har bir tarkibiy qismi ham ana shu aloqaning muayyan 
jihatini aks ettirgan holda, aniq yo‘nalishdagi maqsadga ega. Masalan, ta’lim 
sifati, ta’lim tizimining tarkibiy-mazmunli qismi sifatida davlat, jamiyat, 
shaxsning (ijtimoiy-shaxs buyurtmasi) maqsadli ko‘rsatmalari va qadriyatlar 
bilan bog‘liq yo‘nalishlari, fan, texnika, madaniyat, texnologiyalarning 
taraqqiyot darajasi, shuningdek tizimning tegishli tarzda kadrlar hamda resurslar 
ta’minlanishi bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy tizimni o‘rganishda «hamma narsa hamma narsadan iborat» tamoyili 
maqbuldir. Murakkab tizimning tarkibiy unsurlarga bo‘linishi ijtimoiy hodisalar 
va jarayonlarni tadqiq qilishning eng to‘g‘ri usulidir. 
Tizimli — tarkibiy tahlilning qo‘llanilishi quyidagilarni nazarda tutadi. 
1. Ta’lim sifatini o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan 
yaxlit masala sifatida ko‘rib chiqish. Shu boisdan, ta’lim sifati muayyan 
bog‘liqlikda va iearxiyada bo‘lgan qator tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi yaxlit 
tizim sifatida tahlil qilinadi. 
2. Ta’lim sifatini o‘rganishda asosiy e’tibor tarkibiy qismlarning o‘zaro va muhit 
bilan ta’siriga qaratiladi. Bunda ta’lim sifati tarkibiy qismlarining funksional 
iearxiyasini va ularning bo‘ysunishini aniqlash zarur. Faqat ana shu o‘zaro ta’sir 
asosidagina birmuncha yuqori darajadagi hal qiluvchi tarkibiy qismlar yanada 
takomillashgan ta’lim sifatining shakllantirilishini ta’minlaydi. Ta’lim sifatining 
tashqi omillar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, unga ta’sir etuvchi shart-
sharoitlarni aniqlash hamda aks ettirilayotganning aks ettirilgani uchun 
ahamiyatini har tomonlama va chuqur ochib borish imkonini beradi. 
3. Ta’lim sifatini dinamik holat sifatida ko‘rib chiqish. U ham shaklan, ham 
mazmunan va pirovard (kutilayotgan, maqsadli va haqiqiy) natijaga qarab 


11 
doimiy o‘zgarib turadi. Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash 
ta’lim sifatini rivojlantirish jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi. 
Ta’lim sifati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarning asosiy tavsiflarini 
tadqiq qilish rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Bunday 
yondashuvda uni o‘zgartirish jarayonida ta’lim sifati tarkibi va mazmunidagi 
o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratadi. 
Ta’lim tizimiga obyektiv ravishda xos bo‘lgan integral sifat — inersiyalilik — 
ta’lim 
va 
kasb-hunar 
dasturlarining 
tegishli 
tarkibiy 
qismlarini 
takomillashtirishga tegishli darajada prognozlashtirib yondashish zarurligini 
anglashda, ularning aniq o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli 
pedagogik tizimga singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi 
sharoitida hisobga olinishi mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va 
pedagogika fani sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, 
etnopsixologik va boshqa turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda 
integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini 
rivojlantirishni prognozlashga tizimli yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Ta’lim sohasida prognozlash va istiqbolni ko‘zlab rejalashtirish masalalarini eng 
muhim muammolar qatoriga qo‘shayotgan taniqli olimlar, pedagoglar va ta’lim 
tashkilotchilarining aksariyat ishlarida ushbu g‘oya qat’iy ta’kidlab o‘tilmoqda. 
Ammo vazifa ta’lim sohasidagi prognoz tadqiqotlarning zarurligini anglab 
еtishdan respublikada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun amalda aniq 
ifodalangan ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish imkonini beruvchi 
tadqiqotlarning o‘ziga o‘tishdan iboratdir. Bunda ta’lim-pedagogik prognoz 
bilan 
bog‘liq 
ishlarda istiqbolda ta’lim iqtisodiyotining prognozli 
muammolariga, masalan, istiqbolli miqdoriy parametrlar, ya’ni pedagogik 
kadrlarga, malakali ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga, 
turli xildagi ta’lim tashkilotlarining tegishli miqdori va ixtisosini bashorat 
qilishga, ularni oqilona joylashtirishga, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar mavzusini 
istiqbolli rejalashtirishga, ta’lim tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini 


12 
aniqlashtirishga katta e’tibor beriladi. Xususan, uzluksiz ta’limning turli 
darajalardagi maqsadlarini, ta’lim sifatini, uning mazmunini, usullari, o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat vositalari va tashkiliy shakllarini prognozli asoslash bilan 
bog‘liq pedagogik va didaktik muammolar hamon yеtarlicha ishlab 
chiqilmayapti. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishni bashorat qilishning asosiy 
metodologik va nazariy muammolariga oid mavzular doirasi juda kengdir. 
Avvalo, pedagogik prognozlashning real ilmiy maqomini hamda bilimlarning 
ushbu tarmog‘i qamrab oladigan o‘sha fan sohasini aniqlash, pedagogik 
prognozlash mumkin bo‘lgan obyektlarni va asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish 
zarur. Shundan so‘ng, prognozlash obyektlari va konkret shart-sharoitlarning 
o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda, ta’lim sohasida tashxisli 
tadqiqotlarni tashkil etishga nisbatan yondashuvlarni belgilovchi metodologik 
tamoyillar tizimini asoslash lozim. Bunda prognozlash tavsifidagi ishonchli 
axborot olishni va uning to‘g‘riligini ta’minlaydigan muayyan tadqiqot 
usullarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda pedagogik prognozlash nazariyasi va amaliyotining dastlabki 
bosqichida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga oid turli 
prognoz loyihalarni ko‘rib chiqish emas (vaholanki, ularni olish jarayonlari 
bayon qilinmagan holda bunga urinishlar bo‘lgan), balki shunga o‘xshash 
loyihalarni isbotlanganlik darajasini oshirish vositalari va usullarini izlash 
muhim o‘rin tutadi. Shu bois yagona pedagogika fani pedagogik prognozlash 
doirasida yangi yo‘nalishni, ya’ni barcha bo‘g‘inlarda uzluksiz ta’limning yaxlit, 
murakkab va dinamik tizimini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Bashoratli tadqiqotlarning birinchi galdagi vazifalarini hal qilishga va shu bilan 
birga, ana shunday tadqiqotlarni samaraliroq o‘tkazish uchun muayyan 
metodologik yo‘nalishlarni belgilab olishga diqqat-e’tiborni qaratish imkonini 
beradigan umumlashtirilgan, tartibga solingan obyektlarni aniqlash muhim. 
Boshqaruv san’at yoki fan sifatida qachon vujudga kelganligini ko‘rsatib 
o‘tish juda mushkil. Ammo shu aʼyonki, qayerda inson faoliyat (mehnat) bilan 


13 
shug‘ullangan bo‘lsa, o‘sha joyda boshqaruv mavjud bo‘lgan. Bu jamiyatni 
uchta sohasida yaqqol ifodalangan. Bular: 
Ijtimoiy sohada. Guruh va jamoalarda tartib va targ‘ibotni joriy etish hamda 
nazorat qilish uchun. 
Iqtisodiy sohada. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun va resurslarni 
taqsimlash uchun. 
Mudofaa sohasida. Dushmanlardan va vahshiy hayvonlardan, tabiat ofatlari 
kabilardan himoyalanish uchun. 
Bu holatni inobatga olib, ta’kidlash mumkinki “Boshqaruv deb, belgilab 
olingan aniq maqsadga muvofiq, u yoki bu natijaga erishish uchun umumiy 
tarzda tartibga keltirishga, barpo etishga, takomillashtirishga, qisqartirishga yoki 
obyekt tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan, subyektning obyektga turli ko‘rinish 
va darajalarda ta’sir etish jarayoniga aytiladi.
Boshqaruvni turli nazariyalar asosida tasniflab, bir qator darajalarini 
aniqlash mumkin, ammo amaliyot nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda uning 
mazmundorligini inobatga olib, ikki darajaga ajratish maqsadga muvofiq: 
- boshqaruvning birinchi darajasi-jamiyat rivojlanishining turli davriy 
bosqichlarida institutlar faoliyat mexanizmini aniq tushuntira olishga qodir 
bo‘lgan falsafiy, pedagogik, siyosiy, iqtisodiy va sotsiologik majmuasidan tarkib 
topgan boshqaruv nazariyasi; 
- boshqaruvning ikkinchi darajasi-boshqaruv obyektlarining yig‘indisi, 
amaliy bilim va ko‘nikmalarni, aniqroq aytganda, jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlash maqsadida fundamental ilmiy nazariyalarni (matematika, mantiq, 
pedagogika,psixologiya, akmeologiya) qamrab olgan amaliy fan”.
2
Boshqaruvning maqsadi, sohalari, yo‘naltirilganligi, qo‘llaniladigan usul va 
texnikalarini inobatga olgan holda uni umumiy, xususiy, shoshilinch, taktik va 
strategik kabi turlarga ajratish mumkin. 
2
Самаров Р. Ижтимоий тараққиётни таъминлашнинг назарий-амалий жиҳатлари // Ж. Муҳофаза +, 4 – 
сон. 2011 (78). - Б. 4. 


14 
Boshqaruv masalalarida tadqiqot olib borgan nemis olimlari V. Zigert va L. 
Lang boshqaruvga quyidagicha ta’rif berganlar: “Boshqaruv – bu odamlarni 
boshqarish va mablag‘lardan foydalanishning shunday turiki, u qo‘yilgan 
maqsadga insoniy, iqtisodiy va ratsional ravishda erishishni ta’minlaydi”.
Amerikalik olim P. Drukerning nuqtai nazari bo‘yicha, “boshqaruv, bu 
faoliyatning mujassamlashmagan, olomonni samarali, maqsadga yo‘naltirilgan 
va ishlab chiqaruvchi guruhga aylantiruvchi turidir”. 
Boshqaruv darajalari, odatda uchta asosiy kategoriyalarga bo‘linadi:
1. institutsional bosqich; 
2. boshqaruv bosqichi; 
3. texnik bosqich. 
Ularni ko‘rib chiqamiz: 
Institutsional bosqichda strategik, ya’ni istiqbol rejalar va maqsadlar 
tuziladi. Bunda boshqarishning boshqa kategoriyalariga qaraganda kam sonli 
hisoblanadi va o‘zida yuqori bo‘g‘in boshqaruvchilarini: – vazirlar, rektorlar, 
kompaniya direktorlar Kengashi raisi, generallar va maktabgacha ta’lim 
boshqarishni qamrab olishi mumkin. 
Yuqori bo‘g‘in boshqaruv rahbarlari shunday shaxslarki, ular tashkilotning 
muhim qarorlarini qabul qilinishida mas’ul hisoblanishadi. Ularning ishi juda 
katta bosimga ega, qizg‘in va ushbu tashkilot mavjud ekan, aniq bir chegaralar 
mavjud emas. 
O‘rta bo‘g‘in boshqaruv rahbarlari yuqori bo‘g‘in boshqaruvchilariga 
bo‘ysunadilar va quyi bo‘g‘in (texnik) rahbarlarining ishini yo‘naltiradilar va 
nazorat qiladilar. Agar tashkilot keng tarqalgan tuzilmaga ega bo‘lsa, unda o‘rta 
bo‘g‘in boshqaruvi rahbarlari ikki qo‘shimcha darajaga bo‘linadilar (yuqori 
darajadagi o‘rta bo‘g‘in boshqaruvi rahbarlari va quyi darajadagi o‘rta bo‘g‘in 
boshqaruvi rahbarlari). O‘rta bo‘g‘in boshqaruvi rahbarlariga eng keng tarqalgan 
misol qilib quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: dekan (oliy ta’lim 


15 
muassasida), bo‘lim boshliqlari (agar gap biznes haqida borsa), sektor boshlig‘i, 
maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiralari va boshqalar. 
Quyi bo‘g‘in boshqaruvi rahbarlari ishlab chiqarish vazifalarining 
bajarilishini nazorat qilishadi. Bular - tashkiliy daraja, ya’ni bevosita 
kadrlar,ishchilar yoki yosh kadrlar bilan ishlaydilar. Quyi bo‘g‘in boshqaruvi 
rahbarlari juda xilma-xil bo‘lgan harakatlar mavjud bo‘lgan qizg‘in ishni 
bajaradilar. Ular bir vazifadan ikkinchisiga o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, pedagogik boshqaruv ijtimoiy boshqaruvning muhim qismi 
hisoblanib, o‘z maqsadi, predmeti, manbalari va tarkiblariga egadir. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini pedagogik boshqaruvning maqsadi: 
ta’lim–tarbiya samaradorligini oshirish va tizim faoliyatini ta’minlash, jamiyat 
tomonidan ta’lim -tarbiyaga qo‘yilayotgan talablarni bajarishini ta’minlash 
uchun tizimning takomillashuvini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini pedagogik boshqaruvi ta’lim–tarbiyani 
rejalashtirish, amalga oshirish kabi vazifalarni bajarib kelayotganlarning 
faoliyati. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini pedagogik boshqaruv manbalari: ta’lim-
tarbiya sohasiga oid bo‘lgan ilm-fanning yutuqlari: ta’lim falsafasi, ta’lim 
sotsiologiyasi, ta’lim psixologiyasi, ta’lim va tarbiya nazariya, ta’lim iqtisodi, 
ta’lim huquqi, ta’lim mededsinasi kabilarning natijalari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini pedagogik boshqaruvning tarkibi:
Mudira Xodimlar Pedagogik jamoa Bilim Jamiyat 
Bolalar Oila Tarbiyachi Pedagogik jamoa Xodimlar 
jamoasi Ta’lim (Kasbiy ta’lim) Jamiyat kabi tizimi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini pedagogik boshqaruvni uchta asosiy 
tipini ajratish mumkin: 
—ta’lim-tarbiyaning konseptual rejadagi masalalari (ta’lim-tarbiyani uzoq 
muddatli rejalashtirish, istiqboli bilan bog‘liq strategik vazifalar (darslik, o‘quv 
uslubiy qo‘llanma kabilarni yaratish)); 


16 
—ta’lim tarbiya jarayonini texnik-texnologik ta’minoti bilan bog‘liq 
masalalar (yangi ta’lim texnikasi va texnologiyalarni yaratish, joriy qilish); 
—pedagogik faoliyatni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar (kadrlar 
masalasi, pedagogik jamoalardagi ijtimoiy-pedagogik muhitni hisobga olish va 
boshqalar). 
Boshqaruv tizimi ochiq murakkab tizim hisoblanadi. Pedagogik jamoani 
boshqaruvda pedagogik holatlar, ta’lim jarayoni va uning vazifalarini hisobga 
olish lozim. Pedagogik jamoani tarkibiga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda 
Mudira, tarbiyachilar va ularning ota-onalarini tashkil etadi. 
Pedagogik jamoa mudira , tarbiyachilar va bog‘chaning boshqa xodimlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik, ta’limning tuzilishi, tarbiyachilar va boshqa xodimlarning, 
gurux bolalarining bilish faoliyatini shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonida 
guruh bolalarni barkamol inson sifatida shakllantirish kabi muhim 
muammolarni tadqiq etadi. Pedagogik jamoada o‘quv-tarbiya jarayonlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya nazariyasining 
vazifalarini tadbiq etish bilan shug‘ullaniladi. Pedagogik faoliyat doimo 
bog‘cha xodimlari jamoasi doirasida olib boriladi. Shu munosabat bilan rahbar 
pedagogik jamoaning ichki hayotiga oid o‘ziga xos qonun, qoida va xususiyatlar 
haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 16 fevraldagi 
PF – 4958 – sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni o‘rganish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ 27 – 07 -
sonli “2017 - 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9 sentyabrdagi
PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori to‘g‘risidagi,


17 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyul 528 - sonli 
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 
gi Qarori to‘g‘risidagi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 sentyabr PF-5198-sonli 
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni kabi me’yoriy manbaalari sifatida o‘rganishdan 
iboratdir.
 NamDU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasining 2018-2022 yillarga 
mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi loyihalarini o‘rganib ish faoliyatlarigi 
tadbiq qilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida shunday fikrlar keltirilgan: “...ta’lim sohasidagi 
davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim 
bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. Rivojlangan 
mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola 3 
yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga 
katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar 
miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil 
etadi. Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun 
barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. 
3
ligini takitlab boriladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining shaxsiy rivojlanishi, ular 
ijtimoiy-shaxsiy qiziqishlarining faoliyatga yo‘nalganligi, mustaqil fikrlashlari, 
ijodkorliklari, faolliklari, dunyoqarashlarining turg‘unlashuvi va bilishga
bo‘lgan ehtiyojlarini shakllanishi kabi holatlar bilan tushuntiriladi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarini rivojlanishida mashg‘ulotlarda innovatsion yondoshuv 
asosida muvafaqqiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni 
rivojlantirish va o‘z-o‘zini takomillashtirishning maqbul davridir. Bola ushbu 
jarayonda bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini 
3

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin