Nazorat savol va topshiriqlar:
1.Ta’lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligiga nimalar kiradi?
2. Ta’lim sifatini boshqarish kimlar tomonidan amalga oshiriladi?.
3.Ta’lim tashkiloti rahbarlar pedagoglar va ota-onalariga qanday talablar
qo’yishi kerak?
Adabiyotlar ro’yhati:
1.
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-
Iqbol, 2006. – 592 b.
2.Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-nashriyot¸
2006. -259 b.
3.Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.
13- МАVZU: TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH.
Tayanch so‘zlar: davlat va nodavlat tashkilotlar, tashkil etish, tartib,
faoliyat, muassis, talablar, dastur, reja.
Keyingi yillardagi ilmiy adabiyotlarda «istiqbolni qat’iy qilib, yuqori
darajada ehtimollik bilan rejalashtirib bo‘lmaydi» degan fikr ko‘p uchramoqda
(L. Fatkin). Shu bois ta’lim tashkiloti boshqaruv xodimi loyihalashtirishda
taxmin qilinayotgan jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, ularning
qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganishi va idrok etishi, ularning ko‘rsatkichlar
nomenklaturasini asoslashi va ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bu ob’ekt
ko‘rsatkichlarining muntazam takomillashtirilishi mahsulot va xizmatlar sifatini
170
loyihalashtirish va ta’minlashning zarur shartlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi
bilan bog‘liq. Bunda barcha ishlar ob’ekt sifatini o‘lchash va baholashning
miqdoriy metodlariga tayanadi. Shu tariqa aniqlangan ta’lim tashkiloti faoliyati
holatining ob’ektiv ko‘rsatkichlari boshqarishning tegishli tartibini tanlashda
asos qilib olinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Quyidagilar:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
davlat korxonalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z ishining o‘ziga xosligiga muvofiq
quyidagi tiplarga bo‘linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar
mavjud bo‘lgan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan,
surunkali asoratlarga ega bo‘lgan bolalar uchun).
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ustaviga, bank tashkilotlarida hisob
raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi
ko‘rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtampga ega bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli
organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti belgilangan davlat normativlariga va
maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarni
tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda
sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
171
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya
qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z
(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan
belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning u еrda
qancha vaqt bo‘lishi maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavi va muassisning qarori
bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (guruh)ning kunduzgi va kechki
vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni o‘qitish va tarbiyalash davlat
tilida va «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq
boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha
ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuklanadi hamda O‘zbekiston Respublikasida
tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari,
ham maktabgacha ta’lim tashkilotlariga biriktirilgan sog‘liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular maktabgacha
ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va
jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-
gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob
beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog‘liqni saqlash
organlariga yuklanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimiga xona beradi va uning
ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
172
Maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash
organlarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, buning uchun sarflanadigan
xarajatlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini
muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’limvazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda
belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi
va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari
hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
muassislari bo‘lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi bilan kelishilgan holda
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi,
viloyatlar
Maktabgacha ta’limboshqarmalari hamda Toshkent shahar
Maktabgacha ta’limbosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi
bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo‘yiladigan
malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni
amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya
jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
173
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan faoliyat ko‘rsatadi va
barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o‘ziga berilgan
vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini mehnat to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat
shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma’naviy
rag‘batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish,
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni
ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Maktabgacha
ta’limtashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-
metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil
etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatiga
javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri har chorakda kamida bir
marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim
etadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22
-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 -y., 09/18/134/0809-son)
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish
174
maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini
saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq
tashkilot shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari toifasiga
kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq
belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim t‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq,
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat
organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya
qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Tashkilot o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu
dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning
tashkilotda bo‘lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan
belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi
uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
175
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan
aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki
uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy
yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma
asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari
bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob
beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa
muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar
uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun
hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil
etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli
guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni
qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
|