13
Oraliq nazorat fanning ma’lum bir bo’limi tugallangach talabalarning dars jarayonida so‘rovlarga javob
berishi, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlardan olgan ko‘nikmalarini gapirib berishi, savollariga javob berishi,
suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini bajarib kelib topshirishi ,mustaqil ish topshiriqlarini bajarish va
shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin. Oraliq
nazorat fanning xususiyati, laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlari, oraliq nazorat soni va boshqalar hisobga olinib quyidagicha taqsimlanadi.
Mustaqil ish topshiriqlarini bajarganligi uchun:
1.Referat tayyorlagani va himoya qilgani uchun:
–mavzu bo‘yicha
referat tayyorlash, uni yuqori saviyada himoya qila olish,
keltirilgan
ma’lumotlarni mushohada qilish va tushuntirib berish, berilgan savollarga to‘liq javob bera
olish, mustaqil fikrlay olish;
5
–mavzu bo‘yicha referat tayyorlash, uni himoya qila olish, keltirilgan ma’lumotlarni
tushuntirib berish, savollarga javob bera olish;
4
–mavzu bo‘yicha referat tayyorlash, uni himoya qilishga harakat qilish, keltirilgan
ma’lumoatni tushuntirib va savollarga javob berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yish;
3
–mavzu bo‘yicha referatni qo‘pol
xatolar bilan tayyorlash, uni himoya qilishga qiynalish,
keltirilgan ma’lumotlarni tushuntirib bera olmaslik, savollarga xato javob berish;
2
2.Mavzu bo‘yicha mustaqil konspekti yuzasidan og‘zaki so‘rov:
–mustaqil ish mavzusini to‘liq o‘zlashtirishi, konspekt mavjudligi,
mustaqil fikrlay olishi,
mavzu bo‘yicha o‘z
takliflarini bera olishi, adabiyotlar bilan ishlash darajasining yuqoriligi,
mavzuni boshqa mavzular bilan o‘zviy bog‘lay olishi, himoya qilishi, konspektga yangi texnika
– texnologiyalar haqida va internet ma’lumotlarini kiritilganligi;
5
–mustaqil ish mavzusini to‘liq o‘zlashtirishi, konspekt mavjudligi, mustaqil fikrlay olishi,
mavzu bo‘yicha o‘z takliflarini bera olishi, adabiyotlar bilan ishlash darajasining yuqoriligi,
mavzuni boshqa mavzular bilan o‘zviy bog‘lay olishi, himoya qilishi;
4
–mustaqil ish bo‘yicha konspekt mavjudligi, mavzu bo‘yicha o‘z takliflarini bera olishi,
adabiyotlar bilan ishlay olishi, himoya qilishi va internet ma’lumotlar;
3
–mustaqil ish bo‘yicha
konspekt yetarli emasligi, mavzu bo‘yicha o‘z takliflarini bera
olmasligii, adabiyotlar bilan ishlay olmasligi, himoya qilishda fikr mazmunsizligi;
2
Oraliq nazorat ishida talaba tomonidan fanning texnologik xaritada belgilangan qismi boyicha nazariy
bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, ularni amalda qo‘llash boyicha ko‘nikmalarning qanchalik egallanganligi,
masalaga
ijodiy yondasha olishi, fikrini bayon etishda mantiqiy ketma–ketlikka amal qilishi, javobda aniq
faktlarga asoslanishi, ko‘rgazmali vositalardan foydalana olishi kabi jihatlar hisobga olinadi.
Oraliq nazorat
14
ishini quyidagi mezonlar boyicha o‘tkazish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: