206
Mustaqil amaliy ish
Quroqning «yo‘l-yo‘l»
usulidan foydalanib, ushlagich tikishni
o‘qib
o‘rganing va
amalda
to‘g‘ri bajarishga, uning tеxnologik xaritasini tuzing.
Jihozlar
M
avzuga oid adabiyotlar,
stol, stul, ushlagich tikish bo‘yicha bajarilgan
tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a
va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5
m
gulli
qiya tasma, sintеfon, igna,
angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40-50-raqamli
g‘altak iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam.
Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof bichish va tikish
G‘ilofning asosiy vazifasi, damlangan choyni issiq tutishdir. Bu yopqichni
turli
gazlamalardan, har xil shakl va usullarda tikish mumkin. Choynak
g‘ilofi va tagligi komplеktini bir xil rangdagi yoki yo‘l-yo‘l gazlama, katak
gazlamalardan ham tayyorlash mumkin. Bеzaklar asosiy rangga mos yoki har
xil rangli bo‘lishi mumkin. Zig‘ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan
choynakka g‘ilof tayyorlash mumkin (62-rasm, a, b).
Choynak g‘ilofi ikki qismdan: aylana shakldagi
choynak tagligi va
qizaloq choynak g‘ilofidan iborat. Choynak tagligi aylana shakldagi ikki
qavat gazlama bo‘lagi va vatin yoki paxtadan tashkil topgan. Bular hammasi
birgalikda qo‘lda yoki mashinada qavilib, uning atrofiga rangli mag‘iz
bilan
a) b)
62-rasm.
Choynak g‘ilofi va tagligi.
207
ishlov bеriladi. Choynak g‘ilofi to‘rt bo‘lakli avra va astar hamda ular
orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki
astardеk to‘rt bo‘lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo‘laklar
bir-biri bilan
qo‘lda uchma-uch (tutashtirma chok bilan qalin bo‘lib kеtmasligi uchun)
qilib tikiladi. Choynak g‘ilofi avrasining bitta bo‘lagiga applikatsiya va
kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki
qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga
kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori
qismiga agar qizaloq shakli bo‘lsa, xuddi soch turmagiga o‘xshab
turuvchi
sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama
bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin.
Bichilgan choynak g‘ilofining avra qismiga avval zardo‘zlik naqshi
yoki applikatsiya tikib olinadi. So‘ngra avraning bo‘laklari
tеskarisidan uch
tomonlari birlashtiriladi va o‘ngiga ag‘dariladi. Astar bo‘laklariga tеskari
tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi.
Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib,
uning uch tomonlari
avraga mahkamlanadi. Bu vaqtda choynak g‘ilofining uchlariga popuklari
ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning
etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan
ishlov bеrish mumkin.
Dostları ilə paylaş: