99
Kombinatsiyalashgan suv tarmoqlari boshi berk va aylanali
quvurlardan tarkib topgan bo‘lib, suvga ulanadigan qurilmalar bir-
biridan katta oraliqda joylashgan yirik binolarda qo‘llaniladi.
Tabiiy gaz
iqtisodiy jihatdan eng qulay energiya manbalaridan
biri hisoblanib, respublikamizda aholi turar joylarini bu kabi arzon va
samarali yoqilg‘i bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu
bilan birga biz gazdan foydalanishda xavsizlik choralariga qat’iy rioya
qilmog‘imiz lozim.
Xonadonning gaz ta’minoti tarmog‘iga gaz eltuvchi quvur, taqsim-
lovchi quvur oqimini boshqaruvchi uskunalar, gaz sarfi hisoblagichi
hamda gazdan foydalanish qurilmalari kiradi.
Gaz tarmoqlarini o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilinadi:
quvur po‘lat trubalarni payvandlash asosida qurilib, zarur uskunalar bilan
rezbali birikmalar orqali ulanadi; barcha gaz quvurlari suvga chidamli
moybo‘yoq bilan bo‘yaladi; gaz quvurlari asosan oshxona, yo‘lak va
boshqa turar joy sifatida foydalanmaydigan xonalardan o‘tkaziladi;
quvur hojatxona yoki vanna orqali, shuningdek eshik yoki oyna romlari
orqali o‘tkazilishi taqiqlangan.
Dostları ilə paylaş: