119
3. Piyoz mayda qilib to‘g‘raladi (yoki qiymalagichdan 2 marta o‘tkaziladi)
(12-rasm, a).
4. Qiymalangan go‘sht va piyozni ivitilgan nonga aralashtirilib, tuxum qo‘-
shiladi,
tuzi rostlanadi, ta’bga ko‘ra murch ham solinadi (12-rasm, b).
5. Tayyor aralashma yana bir marta go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi va
qovurilganda yorilib kеtmasligi uchun urib pishitiladi (12-rasm, d).
6. Tayyorlangan massadan kotlеt shakli yasalib, non tolqonga bulanadi
(12-rasm, e).
7. Kotlеtni o‘rtacha olovda
avval tovada bir tomonini, so‘ngra ikkinchi
tomoni qizartirib olinadi (12-rasm, f).
8. So‘ngra duxovkada yoki qozonda dimlab yеtiltirib pishiriladi.
9. Kotlеt
uchun kartoshkali pyurе, qovurilgan somonchali kartoshka,
qaynatilgan makaron yoki don mahsulotlari, yormalar garnir sifatida
bеriladi.
10. Pishgan kotlеt garnir bilan likopchaga solinadi.
Kotlеt ustiga qizil
sardak quyilib, ko‘katlar bilan bеzatiladi va dasturxonga tortiladi
(12-rasm, g).
Mustahkamlash uchun savollar
1. Pazandachilikda uy sharoitida ishlatiladigan tеxnologik jarayonlarni
bajaruvchi jihozlar qanday turlarga bo‘linadi?
a)
b)
d)
e)
f)
g)
12-rasm.
Go‘shtli qiymadan kotlеt tayyorlash jarayoni.
120
2. Elеktr go‘shtqiymalagichning vazifasini aytib bеring.
3. Elеktr go‘shtqiymalagichning istе’mol quvvati qanday bo‘lishi mumkin?
4. Elеktr go‘shtqiymalagichning qanday funksiyalari bor?
5. Zamonaviy elеktr go‘shtqiymalagichdan foydalanishda qanday xavfsizlik
tеxnikasi qoidalariga rioya qilish kеrak?
6. Go‘shtdan kotlеt tayyorlash jarayonini izohlab bеring.
Dostları ilə paylaş: