60
Jihozlar
Sim va undan buyum yasashda ishlatiladigan asbob-uskunalar
Ishni bajarish tartibi
1. Simlarni qirqish qoidasini tushuntiring.
2. Simlarni to‘g‘rilash, bukish, kesishga oid
amaliy tajriba ishlarini
bajaring.
3. Tunukalarni bukish, to‘g‘rilash, belgilash va qirqish usullarini ko‘r-
sating.
Muammoli topshiriq
T
unukani zubilo bilan qirqishda ish sifatli chiqishi uchun qanday ishlar
bajariladi? Tunukani turli usullarda qirqishni amaliy bajaring, ish sifatini
solishtirib ko‘ring.
Shtangensirkul tuzilishi va u bilan o‘lchash usullari
Siz 6-sinf darsligida shtangensirkulning tuzilishi va ishlash usuli
bilan tanishgansiz. Ushbu mavzuda shtangensirkulning noniusi va
o‘lchashda aniqlikni tekshirish qoidalari bilan tanishasiz.
Shtangensirkulning harakatlanadigan jag‘larida
nonius
deb
ataladigan
yordamchi shkala mavjud bo‘lib, u bilan 0,1
mm
gacha aniqlikda o‘lchash
mumkin (31-rasm). Nonius harakatlanadigan jag‘lar bilan birga bemalol
suriladi va kerakli joyda qotirish vinti bilan mahkamlanadi.
31-rasm.
Shtangensirkul noniusi.
Noniusning uzunligi 19
mm
bo‘lgan shkalasi bir-biriga teng 10 ta
qismga bo‘lingan, ya’ni noniusning har bir bo‘linmasi 19:10 = 1,9
mm
ga teng.
61
Nonius va shtanganing nol bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri kelganida
qolgan (o‘ninchi bo‘linmasidan boshqa) bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri
kelmaydi. Noniusning birinchi bo‘linmasi shtanganing ikkinchi bo‘lin-
masiga 0,1
mm
, ikkinchi bo‘linmasi 0,2
mm
, uchinchi bo‘linmasi 0,3
mm
yetmaydi va hokazo.
Butun millimetrlar noniusning shtangadagi nol holati bo‘yicha
hisoblanadi. Millimetrning o‘ndan bir bo‘lagi esa noniusning shtangadagi
shtrixiga to‘g‘ri keladigan shtrixi bilan aniqlanadi.
Shtangensirkul bilan o‘lchashdan oldin
uning sozligini tekshirish
kerak. Buning uchun asbobning jag‘lari birlashtiriladi,
shunda ikkala
shkalaning nol chiziqlari ustma-ust turishi, noniusning o‘ninchi shtrixi
millimetr shkalasining o‘n to‘qqizinchi shtrixiga to‘g‘ri
kelishi kerak
(32-rasm).
Dostları ilə paylaş: