58
Temir arra yordamida simni qirqish uchun maxsus yog‘och brusdan
foydalanish mumkin (27-rasm, d).
Yupqa simlarni omburda qirqish eng
sodda va oson usullardan
hisoblanadi (28-rasm).
Simni to‘g‘rilash.
Rulondan chiqarilgan sim, odatda to‘g‘ri shaklda
bo‘lmaydi. Uni ishlatishdan oldin to‘g‘rilab olish kerak. Rangli metalldan
bo‘lgan ingichka uzun simni yoki yumshoq po‘lat simni to‘g‘rilash
uchun bir-biriga siqilgan ikkita yog‘och brusdan foydalanish mumkin
(29-rasm, a,b).
Ya’ni simni
uchining tiskiga mahkamlab, ikkita yog‘och reyka
orasidan uzunasi bo‘ylab o‘tkazish ham mumkin (29-rasm, d).
Simni to‘g‘rilashning yana bitta keng tarqalgan usuli:
ikkita uchi
yog‘ochlarga mahkamlanib, keyin silliq sterjen yordamida orqaga hamda
oldinga galma-gal tortib o‘tkaziladi (29-rasm e).
Qalin sim bolg‘a hamda sandon yordamida to‘g‘rilanadi. Bolg‘aning
uradigan joyi urilayotgan metalldan yumshoq bo‘lishi shart. Aks holda
uni urgan paytda simda izlar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun aluminiy
va misli simlarni yog‘och bolg‘a (kiyanka) bilan to‘g‘rilash tavsiya
etiladi. To‘g‘rilanayotgan paytda bolg‘a
chiqib qolgan joylarga asta-
29-rasm.
Simni to‘g‘rilash usullari: a – yog‘ochga o‘rnatilgan mixlar yordamida;
b, d – brusoklar yordamida; e –
sterjen yordamida; f – sandonda to‘g‘rilash.
a)
b)
d)
e)
f)
59
sekinlik bilan bir chekkasidan boshlab oldinga qarab uriladi. Qolgan
joylarni to‘g‘rilash uchun simni o‘z o‘qi atrofida aylantirib turish kerak.
Simning to‘g‘rilanganligini sinchiklab qarash yoki chizg‘ich yordamida
tekshirish mumkin.
Zanglagan va oksidlangan sim tozalanishi kerak bo‘ladi.
Simni egish.
Ko‘pincha simni egishga zarurat tug‘iladi.
Ingichka
simni (diametri 2
mm
gacha bo‘lgan) to‘g‘ri burchak ostida burish uchun
omburdan foydalanish mumkin. B
uning uchun simni ombur yordamida
ushlab, qayirish kerak bo‘ladi (30-rasm, a).
Simni o‘tkir burchak ostida bukish uchun avval to‘g‘ri burchak -ka,
keyin esa kerakli bo‘lgan burchakka ombur yordamida buriladi (30-
rasm, b). Burchaklar bir tekis burilishi uchun ularni tiski va ombur
yordamida to‘g‘rilash usuli 30-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: