59
sekinlik bilan bir chekkasidan boshlab oldinga qarab uriladi. Qolgan
joylarni to‘g‘rilash uchun simni o‘z o‘qi atrofida aylantirib turish kerak.
Simning to‘g‘rilanganligini sinchiklab qarash yoki chizg‘ich yordamida
tekshirish mumkin.
Zanglagan va oksidlangan sim tozalanishi kerak bo‘ladi.
Simni egish.
Ko‘pincha simni egishga zarurat tug‘iladi. Ingichka
simni (diametri 2
mm
gacha bo‘lgan) to‘g‘ri burchak ostida burish uchun
omburdan foydalanish mumkin. B
uning uchun simni ombur yordamida
ushlab, qayirish kerak bo‘ladi (30-rasm, a).
Simni o‘tkir burchak ostida bukish uchun avval to‘g‘ri burchak -ka,
keyin esa kerakli bo‘lgan burchakka ombur yordamida buriladi (30-
rasm, b). Burchaklar bir tekis burilishi uchun ularni tiski va ombur
yordamida to‘g‘rilash usuli 30-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: