72
detalga yaqinlashtiriladi va u tekkanidan keyin bir tekisda botiriladi.
Chuqur bo‘lgan
teshiklarni parmalaganda, paydo bo‘lgan qirindini olib
tashlash uchun parma vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi. Parma teshik
ostiga yaqinlashganda bosim
kuchi kamaytirilishi kerak, bo‘lmasa u
metallning katta bo‘lagini sindirib tashlaydi.
Ingichka bo‘lgan detallarni parmalashdan oldin ularning ikki
tomoniga yog‘ochdan tayyorlangan taxtachalar qo‘yilib, ya’ni tepa va
pastiga mahkamlanib, keyin parmalasa bo‘ladi.
Amaliy laboratoriya ishi
Kesish asboblari bilan tanishish
Jihozlar
Zubilo, kreytsmeysel, chilangarlik bolg‘alari
Ishni bajarish tartibi
1. Zubiloning tuzilishini o‘rganing.
2. Kreytsmeyselda ariqcha hosil qilishni mashq qiling.
Muammoli topshiriq
Frezalash stanogida, asosan, metallga ishlov beriladi. Metall ishqalanish
natijasida tez qizib ketadi. Metallning tez qizib ish sifatining buzilishiga
olib kelmasligi uchun nima qilish mumkin?
3.4. MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov
berish, konstruksiyalash elementlari
Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo‘lib, qirindi chiqarmay
turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to‘g‘ridan to‘g‘ri tayyor
detal olishga imkon beradi. Biroq qaychilar bosim hisobiga qirqqani
uchun metallni qirqishga katta kuch kerak bo‘ladi.
Shuning uchun
qaychilar bilan list materiallar qirqiladi. Profil va chiviq materiallarni
kesadigan mexanik qaychilar ham mavjud.
73
Qo‘l qaychilar (48-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun
ishlatiladi. Ular bilan 0,5–0,7
mm
qalinlikdagi po‘latni, tunukani,
qalinligi 1,5
mm
gacha bo‘lgan rangli metallarni qirqish mumkin.
Qo‘l qaychilarning tig‘i kalta, dastasi uzun bo‘ladi. Qaychilarning
tig‘i V
= 70° burchak ostida charxlanadi.
Metallni qirqqanda paydo
bo‘ladigan kuch ta’sirida tig‘ning o‘tmaslashishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.
Qaychilarning tig‘ini o‘tkir va to‘g‘ri chiziqli qilib charxlash kerak.
Tig‘lar butun uzunligi bo‘yicha o‘zaro yondashib turishi lozim. Ular
orasidagi tirqish 0,2
mm
dan oshmasligi darkor. Agar tirqish bundan oshib
ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada qirqilgan joy g‘adir-budur
bo‘lib chiqadi. Agar tig‘lar orasida tirqish bo‘lmasa, katta ishqalanish
kuchi paydo bo‘lib, tig‘ni tez o‘tmaslashtirib qo‘yadi. Tig‘larning
ishqalanishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik
kichik burchak ostida charxlanadi.
Qaychilar o‘naqay va chapaqay bo‘ladi. O‘naqay
qaychilar bilan
qirqqanda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda bo‘ladi. Bunday
qaychilar ko‘proq qo‘llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar
qirqishda foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig‘li
qaychilar ishlatiladi (48-rasm).
Qirqish paytida qaychi o‘ng qo‘l bilan ushlanadi. Bosh barmoq
yuqori dasta ustida turadi, uch o‘rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi,
ko‘rsatkich barmoq dastalar orasida turadi.
Qirqish paytida qaychining
yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yurishi kerak.
Dostları ilə paylaş: