О‘zbekiston r espublikasi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Amaliy laboratoriya ishi
Kandakorlik va zargarlikka oid mehnat operatsiyalarini bajarish.
Jihozlar
Kandakorlik va zargarlik buyumlari. 
Ishni bajarish tartibi
Kandakorlikka oid mehnat operatsiyalarini bajarish. 
Muammoli topshiriq
Metall qattiq material bo‘lganligi uchun uni qirqishda turli xil asbob 
va moslamalardan foydalaniladi. Yupqa listlarni qirqishda esa metall 
qaychilardan foydalaniladi. Metall qaychilar bilan ishlaganda qaychi 
qo‘lga shikast yetkazishi mumkin. Buni oldini olish uchun qanday 
ishlarni amalga oshirish mumkin?
Texnologik xaritalar tayyorlash va chizish
Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va 
texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi 
bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish 
jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovka tayyor detalga 
(buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon o‘z navbatida texnologik 
mehnat operatsiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya 
texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va 
asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, 
kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik operatsiya 
ham texnologik jarayonning yanada kichik elementlariga, texnologik 
o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik operatsiyaning tugal qismlaridan 
iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning 
doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki 
qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash 
va hokazo.


78
Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish 
tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Mehnat usullari 
o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holatlari, asboblarni ushlashi va 
bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir.
Sizlar hozirgacha o‘zingiz yasagan buyumlarni tayyorlashda oddiy 
texnologik xaritalardan foydalanib keldingiz. Unda quyidagi bo‘limlar 
bor: 1 – texnologik jarayon va o‘tishlarning nomlari; 2 – ishlov berishning 
eskizi, 3 – foydalaniladigan asboblar; 4 – qo‘llanadigan moslamalar. 
Texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish sizlarning ijodiy 
faolligingizni oshiradi, texnik tafakkuringizni rivojlantiradi va mustaqil 
ishlarni o‘rganishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, sizlar 
texnologik xaritalarni tuzishda buyumning namunasiga qarab uning 
murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka 
tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va 
o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna 
va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni bilib olasiz.
Tuzilgan texnologik xaritalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning 
hamma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni bajarishingiz 
mumkin.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin