74
Qirqiladigan metall qaychilarning jag‘i
orasiga qanchalik ichkari
kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi, lekin tig‘lar
katta ochilganda
qirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall
qirqilmasdan itariladi, qaychi jag‘lar orasidan chiqishga harakat qiladi.
Tig‘lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va o‘quvchi chap
qo‘lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana
shu burchakni
qo‘l qaychilar bilan metall qirqishda eng qulay burchak deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yuritiladi,
chap qo‘l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni
keskin bukib yubormaslik kerak. Qaychini oldinga yurgizib qirqqan sari
uni qirqiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g‘adir-budurliklar
paydo bo‘ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga nisbatan tekis ushlanishi lozim.
Qiyshaytirilsa, qirqmasdan metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarni oddiy qo‘l
qaychilar bilan ham qirqish
mumkin. Lekin bunda tig‘lar orasidagi tirqish juda kichik (0,1–0,2
mm
)
bo‘lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak.
Mo‘rt plastmassalar: polistirol, organik shisha kabilar qaychi emas, arra
bilan qirqiladi.
Diametri 3
mm
gacha bo‘lgan sim ombur bilan qirqiladi.
Stul qaychilar (49-rasm, a) qo‘l qaychilardan yuqori dastasining
uzunligi (400–800
mm
), pastki dastasi to‘g‘ri burchak ostida egilib, uchi
o‘tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o‘tkir uchi taxtaga yoki dastgohga
qoqib qo‘yiladi.
Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki
butun qo‘l qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul
qaychilar bilan 2–3
mm
gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin.
Richagli qaychilar (49- rasm, b) 2–3
mm
gacha
qalinlikdagi metall
listlarni qirqishga imkon beradi. Ular ikkita cho‘yan stoyak va stoldan
iborat. Stolga yon tomondan qo‘zg‘almas pichoq (90°
burchak ostida
charxlangan) biriktirilgan. Richagga mahkamlangan ustki pichoq egri
chiziqli shaklga ega. Bu esa richag tushirilganda
bosim burchagi
doimo birday bo‘lishini ta’minlaydi (taxminan 15°). Richag staninaga
75
mahkamlanadi. Uchida posongi bo‘lgani uchun u o‘z-o‘zidan
tushib
ketmaydi. Qirqiladigan list planka yordamida richagga qisiladi.
Richagli qaychilarning tig‘lari oralig‘i kichik bo‘lishiga va richagning
puxta mahkamlanishiga e’tibor berish kerak.
Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo‘lishi lozim, chunki
qirqish paytida buyumni to‘ntarishga intiluvchi
kuch momenti paydo
bo‘ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi.
Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so‘ngra kuch bilan
bosib oxirigacha qirqiladi.
Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda
detalning o‘tkir uchlari va qirralari bilan qo‘lni kesib olish mumkin.
Qo‘lqop kiyib ishlash tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: