90
qilish jarayonida tok manbayi qayerda joylashganligiga e’tibor
qaratish va uni
qanday turga
mansubligini aniqlashingiz; elektr energiya iste’molchisining
joylashgan o‘rni
va vazifasini aniqlashingiz; o‘tkazgichlarning
qanday
o‘tkazilganini, kalit va rozetkalarning qan day o‘rnatilishini ko‘rib chiqib,
shundan so‘ng prinsipial sxemasini chizishingiz lozim.
Bu dars jarayonida xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha
elektromontaj ishlari amalga oshirilishini e’tiborga olib, siz xonadon (oshxona,
zal)ning yig‘ilgan namunasini va undagi barcha detallari bilan tanishib chiqing.
Shundan so‘ng yoritqich va elektr jihozlarning konstruktiv jihatdan o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rib chiqasiz. Xona donning xususiyatlariga
hamda elektr
lampa patroni, kalit, rozetkalarning o‘rnatilishi, o‘tkazgichlarning joylashuviga
e’tibor qarating.
Amaliy mashg‘ulot
1. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bilan tanishish.
2. Yoritish lampasi va kalitlarni joylashtirish rejasini tuzing.
3. O‘rnatiladigan elektr jihozlari mo‘ljalini olib, elektr rozetkasini o‘rnatish
joylarini aniqlang.
4. O‘rnatiladigan elektr jihozlarining quvvatini e’tiborga olib, o‘tkazgich
tanlang.
5. Xonadon (oshxona, zal)elektr tarmog‘ini montaj sxemasini chizing.
6. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha
sxema asosida montaj
qiling.
7. Dars oxirida o‘quvchilar xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha
sxema asosida montaj qilingan ishini o‘qituvchiga ko‘rsatadi.
8. O‘quvchilar bajargan ishlariga ko‘ra baholanadi.
9. Mustahkamlash sifatida o‘quvchilar o‘zlari
bajargan ishlarining ayrim
kamchiliklarini bartaraf etishni o‘rganadilar.
I z o h :
xonadonning xususiyatlariga qarab elektr o‘tkazgich, elektr lampa,
kalit, rozetkalarni o‘rnatishdan oldin, ulardan
foydalanishdagi qulaylik va
xavfsizlik darajasi hamda o‘tkazgichlarning joylashuviga e’tibor bering.
Dostları ilə paylaş: