85
mustahkamligi uncha katta emas, ular singanda
faol qism qobig‘iga
tutashib qolishi mumkin.
Yopiq turdagi isitish.
Qismlari nixrom
yoki fexral simdan tayyor-
langan faol
qism ko‘rinishida ishlab chiqariladi, bu
faol qism bir-
biriga zichlab kiritilgan ikkita halqasimon kosachadan iborat metall
g‘ilofga joylashtirilgan bo‘ladi. G‘ilofning
ichki qismiga kukunsimon
elektr himoyalovchi massa to‘ldiriladi. Ular ishlatishda ishonchli, biroq
asbobni isitish uchun nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi.
Yopiq turdagi germetik isitish.
Isitish qismlari eng takomillashtirilgan
qismlardir. Ularda tashqi diametri 4–5
mm
bo‘lgan faol qism qobiq-
naycha ichiga joylashtiriladi, naychaning ichki diametri 8–10
mm
.
Naycha yuzasi 400–800°C haroratgacha qizishiga yo‘l qo‘yadigan
latun, zanglamaydigan yoki xrom-nikelli po‘latdan tayyorlanadi. Faol
qism bilan naycha devorchasi orasidagi erkin bo‘shliq kvars qumi yoki
magniy oksidi kukuni bilan to‘ldiriladi. Naycha
ichidagi himoyalovchi
materialni qattiq zichlash uchun material siqiladi.
Faol
qismni havo va nam ta’siridan saqlash uchun naychaning
uchlari elektr himoyalovchi vtulkalar bilan germetik qilib yopiladi
va ustidan maxsus shishasimon emal quyiladi. Bunday
turdagi isitish
qismlari issiqlik uzatish uchun yaxshi sharoitlarga ega, uzoqqa chidaydi
va mexanik hamda kimyoviy ta’sirlarni sezmaydi. Xizmat qilish
muddati 10 000 soatga yetadi. Barcha turdagi isitish qismlarida isitish
qismlarining uchlari qobig‘ga mahkamlangan va undan himoyalovchi
materialdan yasalgan maxsus vtulkalar bilan himoyalangan kontakt
shtiftlarga mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: