86
mo‘ljallangan naychali elektr isitkich (TEN)ning
shartli belgilanishiga
misol: naychali elektr isitkich (электронагреватель трубчатый) TEN-
80-5-8/1, OP 220.
Infraqizil nurlar yordamida isitish.
Katta solishtirma qarshilikka
ega bo‘lgan o‘tkazgichlardan foydalanilgan
hamma elektr isitkichlar
infraqizil nurlar yordamida isitiladi. Amalda infraqizil nurlar yordamida
isitish deganda eng ko‘p nurlanish miqdori to‘lqin uzunligi 0,76 dan
3
mkm
gacha bo‘lgan spektrning infraqizil sohasiga to‘g‘ri
keladigan
isitkichlar tushuniladi. Infraqizil nurlar yordamida isitadigan elektr
isitkichlar yorug‘ va qorong‘i nurlatuvchi isitkichlarga bo‘linadi.
Yorug‘ nurlatuvchilar ko‘rinadigan infraqizil
nurlar ham nurlanadi,
qorong‘i nurlatuvchilar ko‘proq infraqizil nurlarni tarqatadi. Yorug‘
nurlatuvchilarga yo‘naltirilgan yorug‘lik oqimi olish uchun ichki
yuzasi ko‘zguli qilingan IKZ (ko‘zguli infraqizil) turidagi cho‘g‘lanma
lampalar kiradi. Infraqizil nurlar tarqatuvchi qorong‘i nurlatuvchilarga
yuzasidagi harorat 700–750° C ga yetadigan
ochiq aktiv qismlar va
TENlar kiradi.
Pishirish va qovurish uchun infraqizil nurlar yordamida isitish
asboblaridan foydalanilganda pazandachilik
ishlovi berish sifati
yaxshilanadi (mahsulotlarning yuzasi yaxshi qizaradi).
Dostları ilə paylaş: