52
quyiladi, sanitariya texnikasi armaturalari, quvurlar, ishqalanish sharoitida
ishlaydigan detallar tayyorlanadi.
Latun
– mis bilan ruxning sariq rangli qotishmasi. U juda qattiq,
cho‘ziluvchan, yemirilishga chidamli bo‘ladi. Latun listlar, simlar, olti
qirrali prokat ko‘rinishida ishlab chiqariladi va ko‘proq namgarchilik
sharoitida ishlaydigan detallar tayyorlashda qo‘llanadi.
Dyuraluminiy
– aluminiy bilan mis, rux, magniy va boshqa
metallarning kumushsimon qotishmasi. U yemirilishga o‘ta chidam-
liligi bilan farqlanadi va ishlov berish uchun qulaydir. Dyuraluminiy
aviasozlik, mashinasozlikda va yengil hamda mustahkam konstruk-
siyalarni talab qiladigan qurilishda keng qo‘llanadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Rangli metallarga nimalar kiradi?
2. Aluminiy va uning qotishmalari haqida ma’lumot bering.
3. Qalay, rux, bronza, latun va dyuraluminiy haqida ma’lumot bering.
Amaliy laboratoriya ishi
Rangli metall va ularning qotishmalari bilan tanishish.
Jihozlar
rangli metall namunalari.
Ishni bajarish tartibi
1. Rangli metall va qotishmalari bo‘laklari hamda tashqi ko‘rinishlari
bilan tanishib chiqing.
2. Har bir namunaning rangini va xossalarini aniqlang.
3. Rangli metallarning tarkibi va ko‘rinishi jihatidan farqli tomonlarini
aniqlang.
4. Rangli metallarning mexanik xossalarini o‘rganing.
Dostları ilə paylaş: