63
3.3 MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN
FOYDALANISH
Frezarlash, tokarlik va parmalash stanoklarining vazifasi,
tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi
Frezarlash stanoklari.
Maktab ustaxonalarida gorizontal frezarlash
stanogi qo‘llaniladi (33-rasm). U bilan vertikal va gorizontal yuzalarga
silindrik, diskli, torsovkali, burchakli, uchli va fason frezalar yordamida
ishlov berish mumkin. Bu stanok o‘quvchilarning
ishlash xavfsizligiga
to‘la javob beradi. U yoritkich va ish zonasini himoyalovchi ekran bilan
ta’minlangan. Stanokning shovqini va vibratsiyasi standart me’yorlarga
javob beradi.
Stanokning stoli ko‘ndalang va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha
harakatlana oladi.
Aylanish stanokning gorizontal shpin delidan kallakning shpindeliga,
konussimon va silindrli-tishli uzatkich yordamida uza tiladi.
Frezalar.
Frezalar mahkamlanish
usu
liga,
shakliga, konstruksiyasi va
tishlar yo‘nalishiga qarab bo‘linadi.
Tish konstruksiyasiga qarab fre
-
zalar o‘tkir
charxlangan va par-
dozlovchilarga bo‘linadi (34-rasm).
O‘tkir charxlangan frezaning
orqa yuzi, pardozlovchilarda old
yuzi charxlanadi.
Frezalar tishining shakliga qarab,
to‘g‘ri
vintsimon va har tomonga
yo‘nalgan tishli frezalarga bo‘linadi.
33-rasm.
Gorizontal frezalash
dastgohi.
64
Frezalar – ko‘p lezviyali asbob. Har bitta tishi keskich rolini o‘ynab,
qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish
qatnashib, qolganlari shu vaqt ichida sovib ulguradi.
Shunday qilib,
frezalar tishi navbatma-navbat ishlaydi.
Frezalar tez kesuvchi P6M5, P6M5K5, P18 po‘latlardan yoki
qattiq DK6, BK8 qotishmalaridan tayyorlanadi. Freza tishning old
yuzidan qirindi chiqariladi, orqa tomoni esa ishlov berilayotgan detalga
qaratilgan.
Rasmda frezaning asosiy burchaklari ko‘rsatilgan: o‘tkirlik burchagi
p 50–70°, orqa burchak 12–30°, oldingi
burchak va kesish burchagi
(35-rasm).
Dostları ilə paylaş: