84
Turmushda yuqori qarshilikli o‘tkazgichlar
vositasida elektr bilan
isitish, infraqizil nurlar yordamida isitish, yuqori chastotali toklar bilan
induksion isitishdan foydalaniladi.
Isitish qismlari uchun simlar yoki tasmalar tayyorlanadigan qotish-
malarning solishtirma qarshiligi mis yoki boshqa o‘tkazgichlarnikiga
qaraganda ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bu
narsa tuzilishining ixcham
bo‘lishini va haroratga kam bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi (kengayishdagi
harorat koeffitsienti juda ham kichik bo‘lishi kerak). Bundan tashqari,
ular suyuqlanmasdan va oksidlanmasdan uzoq
vaqt davomida yuqori
haroratga chidashlari kerak. Bunday talablarni metallar ichida maxsus
qotishmalar – konstantan, nixrom va fexral bajarish mumkin.
Barcha isitish qismlarida tok o‘tkazuvchi sim yoki tasmani qobiqdan
puxta himoya qilinadi. Elektr isitish asboblarining sifati va ishonchliligi,
shuningdek, uni ishlatishdagi xavfsizlik shu narsaga bog‘liq. Vazifasiga
qarab isitish qismlari ochiq va yopiq qilib ishlanadi.
Yopiq isitish
qismlari nogermetik va germetik bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: