О‘zbekiston r espublikasi


O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) pechlar



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) pechlar.
Oziq-ovqat mah-
sulotlarini qovurish, isitish va eritish uchun zarur bo‘lgan vaqt bu 
pechlarda odatdagi pechlardan foydalanilgandagiga qaraganda taqqoslab 
bo‘lmaydigan darajada kamdir. Elektr energiya ham juda kam miqdorda 
sarflanadi. O‘YUCH (yoki boshqa nom bilan aytganda mikroto‘lqin) 
pechlarining yana shunday afzalligi borki, ularda yonish mahsulotlari 
bo‘lmaydi, ularni tozalashning ham hojati yo‘q.
O‘rtacha hisobda pechlarning yuqori chastotali quvvati 60
0
Vt
ni 
tashkil qiladi. Mikroto‘lqinlar chastotalarining chegaralari 1000 
mGs
dan 
100 000 
mGs
gacha bo‘ladi (1 
mGs
= sekundiga 1 mln marta tebranish). 
O‘YUCH pechlari uchun 2450 
mGs
chastota belgilangan. Bu chastota 
(12–25) 
sm
uzunlikdagi radioto‘lqiniga mos keladi. Radioto‘lqinlar 
yorug‘lik tezligida, ya’ni 300 000 
km/s
tezlikda tarqaladi.


87
Kuchlanish transformatori va generator lampasi bor magnetron 
mikroto‘lqinlar manbayi bo‘lib xizmat qiladi. To‘lqin taqsimlagich 
mikroto‘lqinlarning tarqalishini kamera rezonatorda bir tekis taqsim-
lay 
di. Oziq-ovqat mahsulotlariga yo‘naltirilgan mikroto‘lqinlar suv 
molekulalarini tebranish harakatga keltiradi. Molekulalarning ishqalani-
shidan hosil bo‘lgan issiqlik ovqatni pishiradi (qovuradi).
Ovqatni faqat 100°C gacha isitish mumkin. Mikroto‘lqinlar uzoq 
muddat ta’sir qilganda suv bug‘lanib ketadi va ovqat kuyadi. Mikroto‘l-
qinlarning asosiy afzalligi shundaki, bunda issiqlik ovqat tayyorlashning 
boshqa har qanday tizimida bo‘lgani kabi (kastrulka – suyuqlik – oziq-
ovqat mahsuloti) oziq-ovqat mahsulotidan tashqarida emas, balki uning 
o‘zida hosil bo‘ladi.
Mikroto‘lqinlar har tomondan ovqatga faqat 2,5 sm kirganligi uchun 
nometall idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shisha, chinni, fayans, 
karton va sintetik materiallarda tayyorlangan idishlardan foydala-
nish mumkin. Aluminiy qatlamidan, shuningdek, metalldan qilingan 
manzarali ba’zi (masalan, oltindan tayyorlangan gardishli) bor metall 
idishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
O‘YUCH pechlari ovqat tayyorlash uchun universal asbob emas. 
Bundan tashqari, ular qimmat turadi, elektr himoya ishonchli bo‘lishini 
talab qiladi, qo‘llar to‘satdan kamera rezonatoriga tushib qolishining 
oldini olish uchun eshiklarni qo‘shaloq va undan ortiq blokirovka 
qilinishini talab qiladi. Shunisi muhimki, mikroto‘lqin pechlari 
O‘YUCH energiyasini atrof-muhitga juda ham kam sirqitadi. O‘YUCH 
energiyasining sochilish quvvati pech qobig‘ining har qanday nuqtasidan 
50 mm masofada 1mkVt/sm
2
dan ortib ketmasligi lozim.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin