100
o‘chirish qurilmasi, xonalardagi
rozetka
va
viklyuchatel
lardan tarkib
topadi (62-rasm).
62-rasm.
Xonadon elektr ta’minotining namunaviy sxemasi.
Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari.
Ta’mirlashda qo‘llaniladigan qurilish materiallari
va asosiy ish asboblari
Uy va xonadonlarni ta’mirlash ko‘p mehnat va sarf-xarajat talab
qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shu sababli,
bu kabi tadbirni boshlashda
ta’mirlashning aynan qaysi turiga ehtiyoj mavjudligi aniq baholab
olinishi lozim. Hozirda ta’mirlashning kosmetik, kapital, elita turlari
mavjud.
Kosmetik ta’mirlash katta sarf-xarajat talab qilmaydigan, eng sodda
va arzon ta’mirlash turi bo‘lib, u minimal mablag‘ va vaqt sarfi bilan
xonadonning tashqi ko‘rinishini yangilashga qaratiladi. Xonadonda
umumiy ishlov berish tadbirlari bajarilib, bunda
santexnik jihozlar, xona
interer dizayni va devorlar konstruksiyasini o‘zgartirish bilan bog‘liq
ishlar bajarilmaydi. Bunda asosiy vazifa shift va devorni tekislash va
suvoq qilish, oboy, plintus, pol qoplamalarini almashtirish bilan bog‘liq
101
bo‘ladi. Odatdagi kosmetik ta’mirlash xonadon egalarining kuchi bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Kapital ta’mirlash nisbatan ancha murakkab va qimmatbaho
ta’mirlash
turi hisoblanib, unda barcha kommunikatsiya tarmoqlari
almashtirilishi, xona devorlarining konstruksiyalari o‘zgartirilishi asosiy
tadbirlar qatoriga kiradi. Bu kabi ta’mirlash ishlari albatta, tegishli soha
mutaxassislari va ustalarini jalb qilgan holda bajariladi.
Elita usulida ta’mirlash ham kapital ta’mirlashga o‘xshaydi, faqatgina
u zamonaviy qurilish va ishlov berish materiallari, ilg‘or texnologiyalarni
qo‘llagan holda, yuksak malakali mutaxassislar tomonidan amalga
oshiriladi. Shuningdek, bu ta’mirlash turida mutaxassis
dizayner
tomonidan xonadonning individual dizayn loyihasi tayyorlanib, maishiy
texnika va bezaklarni o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda uning
o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Alohida aniqlik talab qilmaydigan o‘lchash ishlarida yig‘ma va rulet
metrlardan foydalanish mumkin. O‘lchashda metrning to‘liq ochilganligi,
zarur uzunlikka ega ekanligi hamda tarang tortilganligiga e’tibor qaratish
lozim.
Nisbatan aniqroq o‘lchashlar uchun shtangensirkuldan foydalaniladi.
Xonadonni ta’mirlashda uning yordami bilan bir necha millimetrdan bir
necha detsimetrgacha o‘lchamdagi teshiklar diametri, detallar qalinligini
o‘lchash mumkin. Quvurlar, simlar, yupqa listli metallar qalinligini
o‘lchashda mikrometrdan, tashqi o‘lchamlarni
olishda kronsirkuldan,
ichki o‘lchamlarni olishda nutromerdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: