105
Go‘shtning issiqlik holati.
Go‘shtlar haroratiga qarab: yangi,
sovigan, sovitilgan va muzlatilgan turlarga bo‘linadi.
Yangi go‘sht
– mol yoki qo‘yning
so‘yilishi bilan olingan go‘shtdir.
U mazasiz va organizmda yaxshi hazm
bo‘lmaydi. Buning sababi go‘sht hali
yеtilish jarayonidan o‘tmagan bo‘ladi.
Yangi go‘sht savdoga chiqa rilmaydi
(2-rasm).
Sovigan go‘sht
– nimtalangandan
so‘ng tabiiy sharoit yoki maxsus
kamеralarda eng kami 6 soat sovitilgan
go‘shtdir. Shu muddat ichida uning harorati tashqi muhit haroratiga
moslashadi, sirti qurib yupqa parda bilan qoplanadi. Sovigan go‘shtning
sirti nam bo‘lmaydi. Sovish jarayonida go‘sht yеtiladi, yaxshi ta’m va
yoqimli hid paydo bo‘ladi; u qayta ishlovga juda qulay va organizmda
yaxshi hazm bo‘ladi.
Sovitilgan go‘sht
– nimtalarga ajratilgandan so‘ng muskullar
ichidagi harorat 0° dan 4°C gacha sovitilgan go‘shtdir. Bunday go‘sht
sifat jihatdan sovigan go‘shtdan yaxshiroq. Uning ustki qismi nam
bo‘lmaydi, yupqa parda bilan qoplangan, muskullari elastik bo‘ladi.
Sovitilgan go‘shtning sho‘rvasi mazali va xushbo‘y bo‘ladi.
Muzlatilgan go‘sht
– sovitilgandan so‘ng muskullar ichidagi harorat
–6°C gacha bo‘lgan go‘sht muzlatilgan go‘shtdir.
Baliq va baliq mahsulotlarining oziqaviy qiymati,
baliqni tozalash va bo‘laklarga bo‘lish tartibi
Baliq va baliq mahsulotlari juda foydali va to‘yimli taom bo‘lib,
asosan sazan, sudak, xеk, okun, cho‘rtan va boshqa baliq turlaridan
taomlar tayyorlanadi. Baliqning oziqaviy qiymati uning kimyoviy
tarkibiga bog‘liq. Baliq go‘shti tarkibida organizm uchun zarur
bo‘lgan oqsil, uglеvod, yog‘, minеral moddalardan kalsiy, tеmir, yod,
darmondorilardan «А», «Е», «D» vitaminlari mavjud. Baliqda asosiy
Dostları ilə paylaş: