О‘zbekiston r espublikasi


Kasb-hunarga oud ma’lumotlar



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Kasb-hunarga oud ma’lumotlar
Elektrotexnika bilan bog‘liq kasb-hunar turlari
Siz maktabni muvaffaqiyatli tugallagach, elektrotexnikaga oid quyidagi 
kasb-hunarlarni egallashingiz mumkin: 
qaytadi keyin yana zanjir bo‘ylab tok o‘ta boshlaganida yana elektromagnit 
o‘zagiga yakor tortilib yakor bolg‘achasi qo‘ng‘iroq kosachasiga uriladi va 
bu holat takror urilaverishidan baland qo‘ng‘iroq tovushi eshitila boshlaydi. 
Quvvat 
manbayiga 
ulanish
4 – Texnologiya 7-sinf.


98
– kompressor stansiyalari elektr jihozlarini ta’mirlash elektromontyori;
– tibbiyot apparatlarini o‘rnatish, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish elek-
trotexnigi;
– radioelektron apparaturalarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash texnigi;
– yong‘in-qo‘riqlash signalizatsiyasi elektromontyori; 
– poyezd va stansiya radioaloqasi qurilmalarini ta’mirlash va xizmat 
ko‘rsatish elektromexanigi;
– elektrstansiyalar, elektr jihozlar va elektrqurilmalarini montaj qilish, 
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnik – elektrigi.
5-BOB. RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI
Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik 
ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari 
Suv ta’minoti tizimi.
Suv iste’moli tartibi, binolarning turlari, 
shuningdek texnologik va yong‘in xavfsizligi talablaridan kelib 
chiqqan holda quyidagi tarmoqlarga ajratiladi: boshi berk, aylanali
kombinatsiyalashgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Boshi berk suv 
tarmoqlari asosan ta’minotda tarmoq yoki uning bir qismi ishdan 
chiqishi natijasida to‘xtalishlar 
bo‘ 
lib turadigan joylarda quriladi. 
Bular turar joy, ma’muriy va ishlab 
chiqarish binolari bo‘lishi mumkin 
(61-rasm).
Aylanali suv tarmoqlari esa aso-
san ko‘p qavatli uylarning uzluk-
siz ta’minotini amalga oshirish 
za 
ruratini e’tiborga olib quriladi. 
Ayla 
nali tarmoqlar tashqi suv qu-
vuri bilan bir nechta ulanishga ega 
bo‘lib, ulardan biri uzilganda ham 
binoning suv bilan ta’minlashi 
to‘xtab qolmaydi.
61-rasm. 
Turar joy binosining 
suv ta’minoti sxemasi.


99
Kombinatsiyalashgan suv tarmoqlari boshi berk va aylanali 
quvurlardan tarkib topgan bo‘lib, suvga ulanadigan qurilmalar bir-
biridan katta oraliqda joylashgan yirik binolarda qo‘llaniladi. 
Tabiiy gaz
iqtisodiy jihatdan eng qulay energiya manbalaridan 
biri hisoblanib, respublikamizda aholi turar joylarini bu kabi arzon va 
samarali yoqilg‘i bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu 
bilan birga biz gazdan foydalanishda xavsizlik choralariga qat’iy rioya 
qilmog‘imiz lozim.
Xonadonning gaz ta’minoti tarmog‘iga gaz eltuvchi quvur, taqsim-
lovchi quvur oqimini boshqaruvchi uskunalar, gaz sarfi hisoblagichi 
hamda gazdan foydalanish qurilmalari kiradi. 
Gaz tarmoqlarini o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilinadi: 
quvur po‘lat trubalarni payvandlash asosida qurilib, zarur uskunalar bilan 
rezbali birikmalar orqali ulanadi; barcha gaz quvurlari suvga chidamli 
moybo‘yoq bilan bo‘yaladi; gaz quvurlari asosan oshxona, yo‘lak va 
boshqa turar joy sifatida foydalanmaydigan xonalardan o‘tkaziladi; 
quvur hojatxona yoki vanna orqali, shuningdek eshik yoki oyna romlari 
orqali o‘tkazilishi taqiqlangan.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin