94
Releninig asosiy qismi elektromagnit – 1 bo‘lib, uning cho‘lg‘ami
boshqaruvchi zanjirga ulangan. Viklyuchatel – 2 ulansa, elektromagnit
chulg‘amidan (odatda, kuchsiz) tok o‘tadi. Bunda yakor – 4 elektro-
magnitning o‘zagiga tortiladi va ish zanjirining kontaktlari – 5 tutashadi.
Zanjirga katta quvvatli tokning iste’molchilari ulangan. Odatda, ish
zanjiri alohida tok manbayiga ega bo‘ladi. Boshqaruvchi zanjir uzilsa,
prujina Z yakorni orqaga tortadi va ish zanjiridagi tokni uzib qo‘yadi.
Texnikada qo‘llanadigan ayrim relelar faqat ish zanjirini ketma-
ket ulash va uzish uchun xizmat qiladi, boshqalari esa bir ish zanjirini
ulaydi va ayni vaqtda boshqasini uzadi. Vaqt relelari ham mavjud bo‘lib,
ular oldindan belgilangan vaqt o‘tgach, ish zanjirini ulaydi yoki uzib
qo‘yadi. Ko‘p qurilmalarda relening boshqaruvchi zanjiri avtomatik
ravishda, odamning bevosita ishtirokisiz ulanadi va uziladi. Relening
almashinib ulanishi boshqaruvchi zanjirda tok kuchining o‘zgarishi
bilan turli fizik kattaliklarni (harorat, bosim, moddaning zichligi,
buyumlarning yoritilganligi va b.) ham aniqlaydigan, shu bilan birga
ularning qiymatlarini o‘zgartirishga ham xizmat qiladi.
Misol tariqasida yong‘indan xabar beruvchi avtomatik signalizat-
siyaning sxemasini ko‘ramiz. Relening boshqaruvchi zanjiriga yarim
o‘tkazgichli priborlar – T1, T2, T3, T4 termistorlari ulangan. Harorat
ortsa, ularning qarshiligi keskin kamayadi. Agar xonaning harorati
80–100°C ga ko‘tarilsa, boshqaruvchi zanjirdagi tokning kuchi ortadi,
Dostları ilə paylaş: