91
3. Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilishda nimalarga
e’tibor berish kerak?
Elektromagnitlar va ularning qo‘llanilishi. Elektromagnitning
tuzilishi va ishlashi bilan tanishish
Amaliy mashg‘ulot
Elektromagnitdan
foydalanib, kompleks buyum detallarining konstruk-
siyalarini ishlab chiqing va tayyorlang.
Elektromagnit quyidagi tuzilishga ega: izolatsiyalangan simdan
tayyorlangan va ichiga yumshoq o‘zak joylangan g‘altak elektromagnit
deb ataladi. Elektromagnitlarning shakli va o‘lchamlari har xil, lekin
hammasining tuzilishi bir xildir. Elektromagnitning g‘altagi karkasdan
iborat bo‘lib, asosan, elektrokarton yoki
fibrdan tayyorlanadi va
elektromagnitning vazifasiga qarab turli shaklda bo‘ladi. 54-rasmda
elektromagnitning tuzilishi ko‘rsatilgan: a) karkas – 1 ga izolatsiyalangan
mis sim (PE, PEL, PELSHО, P6D)dan bir necha qavat o‘raladi, uni
elektromagnit cho‘lg‘ami – 2 deb ataladi. Elektromagnitlar vazifasiga
ko‘ra cho‘lg‘amdagi o‘ramalar soni turlicha bo‘lib, diametri har xil
bo‘lgan simlardan tayyorlanadi.
54-rasm.
Elektromagnit.
92
Cho‘lg‘amning izolatsiyasini mexanik shikastlanishdan saqlash
uchun uni bir necha qavat izolatsiya qog‘ozi
yoki boshqa izolatsiya
ashyosi – 3 bilan qoplanadi. Cho‘lg‘amning uchini va oxirini tashqariga
chiqarib, karkasga mahkamlangan chiqarish qisqichlari – 4 yoki oxirida
uchligi bor egiluvchan simlarga biriktiriladi. Elektromagnit g‘altagi
o‘zak – 5 ga kiydiriladi; b) o‘zak ashyosi sifatida bo‘shatilgan po‘lat
yoki temirning kremniy va nikel qotishmasidan foydalaniladi. O‘zaklar
ko‘pincha bir-biridan izolatsiyalangan, alohida yupqa plastina – 6 lardan
tayyorlanadi.
Elektromagnitlar texnikada: ko‘tarma kranlar, elektrodvigatellar,
elektr qo‘ng‘iroqlari, telefon, telegraf, turli
avtomatlar, rele va
hokazolarda qo‘llaniladi.
Elektromagnit – sun’iy magnit hisoblanadi. Magnit maydoni feromag-
nit o‘zakni o‘rab olgan chulg‘amlardan elektr toki o‘tishi natijasida
paydo bo‘ladi va konsentratsiyalanadi. Elektromagnitlar texnikaning
ko‘p
sohalarida, jumladan, transport, telegraf, radio, televide niye, elektr
mashinalari va elektr apparatlarida magnit maydonini hosil qilishda,
yuklarni ko‘tarishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Elektromagnit maydonining ta’sir
kuchi qanday parametrlarga bog‘liqligini
ko‘raylik (55-rasm).
Zanjirga ulangan
elektromagnit uchiga yaqin qilib yakor
deb ataluvchi temir plastina dinamometr
orqali osilgan kalitni ulasak, yakor
g‘altakka tortiladi. Yakorning g‘altakka
tortilish kuchi dinamometr yordamida
o‘lchanadi. Reostat yordamida g‘altak-
dagi tok ikki marta orttirilsa,
yakorning
g‘altakka tortilish kuchi ham ikki marta
ortadi. Tok kuchi necha marta orttirilsa,
g‘altakning tortishish kuchi shuncha
marta ortadi. Elektromagnitning temir
yakorni tortish kuchi tok kuchiga va
55-rasm.
Elektromagnit
maydonning ta’sir kuchini aniqlash.
93
g‘altakning uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soniga to‘g‘ri
proporsionaldir.
Dostları ilə paylaş: