Stol yasashning texnologik xaritasi.
t/r
Ishning
ketma-ketligi
Ishni bajarish
bo‘yicha ko‘rsatma
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
Kichik ko‘rinishdagi
stolni yasash uchun
kerak bo‘ladigan
xom ashyo materiallari
va asbob moslamalar
tanlab olinadi.
Chizg‘ich,
go‘niya
Qalam,
lobzikarra,
parmalash
dastgohi,
qumqog‘oz,
2
Fanerga shablon
asosida stolning oyoq
qismi nusxa tushirish
qog‘ozi yordamida
chizib chiqiladi.
Shablon,
faner
Qalam
3
Tasvirda hosil
bo‘lgan chiziqlar
asosida faner
lobzikarra bilan
qirqiladi.
Faner
Lobzikarra
4
Qirqib olingan
bo‘laklar bir-
biriga biriktiriladi.
Birikmalar orasiga
yelim surtiladi.
Chizg‘ich,
go‘niya
PVA yelim
27
5
Stolning tepa qismi
chizib olinadi.
Sirkul,
qalam
6
Chiziq asosida qirqib
chiqiladi.
Lobzikarra
7
Stolning oyoqlari
tepa qismiga
o‘rnatilishi uchun
oyoqlarning o‘lchami
asosida teshikchalar
ochib chiqiladi.
Chizg‘ich,
qalam
Lobzikarra
8
Stolning barcha
qismlari qumqog‘oz
yordamida
silliqlanadi.
Qumqog‘oz
9
Stolning oyoq va
tepa qismlari bir-
biriga o‘rnatiladi.
Yelim yordamida
biriktiriladi.
Chizg‘ich
PVA yelim
10
Stol bo‘yaladi.
Lok
M
o‘yqalam
28
Amaliy mashg‘ulot
Yog‘ochdan turli xil ko‘rinishdagi uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlash
mumkin. Biz o‘tgan darslarimizda kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlaridan stol
va stulni yasash texnologiyasini o‘rgandik. Buyumni yasashda ishlatiladigan
yog‘och turlarini ham farqlay oldik. Sifatli yog‘ochdan tayyorlanadigan buyum
chiroyli va mustahkam bo‘ladi. Ayniqsa, tayyorlanadigan buyum bezak sifatida
ishlatilsa, yog‘ochning chiroyi tabiiy guli bilan ko‘zga tashlanib turadi. Yog‘och
o‘zining tabiiy ko‘rinishi va rangiga ega. Yog‘ochning tabiiy rangini saqlash
maqsadida unga rangli bo‘yoq ishlatilmaydi. Faqat loklash bilan kifoyalanadi.
Lok yog‘ochning yaltiroqliligini oshiradi. Uni zararli hasharotlar va namdan
saqlaydi. Agar yog‘och quriq va toza joyda saqlansa, uzoq muddat xizmat
qiladi. Tadbirkorlik va ishlab chiqarishning turlaridan biri mebelsozlikdir.
Bugungi kunda mebel ishlab chiqarish kundan kunga rivojlanib bormoqda.
Mebellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir qator korxonalar mavjud.
M
alakali ustalar tomonidan zamon talabiga mos keladigan mebel mahsulotlari
har xil ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Siz, aziz o‘quvchilarga yog‘ochdan
turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatishdan maqsad tadbirkorlik va
ishbilarmonlikka yo‘naltirish, ana shu kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlarini
yasash jarayonida iqtidor va qiziqishlaringizni sinovdan o‘tkazishdir. Mebellar
kichik ko‘rinishda yoki katta bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarish texnologiyasi
bir-biridan farqlanmaydi. Texnologiya darslarida yasaladigan buyumlarning
texnologiyasi zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning
kichik maketi hisoblanadi. Agarda sizlarda ushbu uy-ro‘zog‘or buyumlarini
tayyorlashga qiziqish va ishtiyoq bo‘lsa, kelajakda tadbirkor bo‘lishingiz
uchun yo‘l ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har bir kishi qo‘lidan kelganicha uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘zi mustaqil
yasashni xohlaydi. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda kerak bo‘ladigan
xomashyo materiallari haqida ham ma’lumotlarga ega. Shunday ekan,
qo‘limizdan keladigan yoki yasash imkoni mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or
buyumlarini o‘zimiz o‘z qo‘limiz bilan tayyorlasak, yanada qadrliroq bo‘ladi.
O‘lcham olish, olingan o‘lcham asosida buyumni rejalash, arralash, kesish,
qirqish va boshqa ishlarni bajarishda esa sabr va qunt, e’tibor talab etiladi.
Duradgorlik ustaxonasida tayyorlanadigan kichik ko‘rinishdagi stullarni
29
yasash texnologiyasi bilan bizlar tanishmiz. Endi o‘sha texnologiyani
ozgina murakkablashtirib, detallar sonini va o‘lchamini to‘g‘ri olsak, buni
bajarishimiz ham oson bo‘ladi. Sizlar bilan darsda tayyorlamoqchi bo‘lgan
buyumimiz shkaf bo‘lib, uni tayyorlashda ijodiy yondashish, e’tibor, aniqlik,
Dostları ilə paylaş: |