О‘zbekiston r espublikasi


Mustahkamlash uchun savol



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Mustahkamlash uchun savol
Parmalash stanogining asosiy uzellarini aytib bering. 
Jihozlar
Parmalash stanogi
Ishni bajarish tartibi 
1. Yog‘ochga ishlov berish, parmalash stanogi qismlari tuzilishi va 
bajariladigan vazifasini o‘rganib chiqing.
2. Stanokda ishlatiladigan keskichlarning shakli, ular bilan bajariladigan 
ishlar hamda ularni stanokka o‘rnatish qoidalari o‘qituvchi tomo nidan 
ko‘rsatiladi. 
Muammoli topshiriq
P
armalash stanogida teshiklarni qiyalatib ochish uchun qanday usuldan 
foydalaniladi?
1.4. MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Uy-ro‘zg‘or, turmushda va maktabda qo‘llanilayotgan 
texnika va konstruksiyalash elementlari
Duradgorlik buyumi detallar va uzellardan iborat bo‘ladi. Detallarni 
o‘quv ustaxonalarida yig‘ish qo‘lda (mexanik) bajariladi. Masalan, 
shakli va o‘lchamlari chizmada ifodalangandek, yelimlangan brusok, 
ko‘p qavatli yelimlangan faner, payvandlash va boshqa yo‘llar bilan 
tayyorlangan buyumlar – detallar sanaladi.
Uzellar deb, tarkibiy qismlari ustaxonada tayyorlanadigan, mah-
kamlash, yelimlash va boshqa yig‘ish yo‘li bilan biriktirilgan buyumlarga 
2 – Texnologiya 7-sinf.


34
aytiladi. Uzel – yig‘ma buyum bo‘lib, unga detallar, materiallar, 
ikkinchi, uchinchi darajali uzellar va ustaxonada yasalmay, balki tayyor 
holda olingan buyumlar kiradi. Tarkibiga boshqa uzellar kirmaydigan 
uzellar 
oddiy
, tarkibida boshqa uzellar bo‘lgan uzellar 
murakkab
uzellar 
deyiladi. Masalan, bir necha detal yelimlab yasalgan brusok oddiy uzel, 
shkafning tortma yashigi murakkab uzeldir.
Duradgorlik buyumlarining detal va uzellari turli nomlar bilan ataladi. 
Masalan, stulning oyoq bog‘lagichlari, orqa suyanchig‘i va o‘rindig‘i 
uning detallaridir. Shkafning devorlar, eshikchalar, qopqoqlar, asoslar, 
surilma yashik va tokchalari uning asosiy elementlaridir.
Duradgorlik buyumlarida detal hamda uzellar bosh konstruktiv 
rol o‘ynaydi va buyumlar konstruksiyasining asosini tashkil qiladi. 
Bunday buyumlarning detal va uzellarini oshiq-moshiq bilan biriktirish 
mumkin.
Brusoklar duradgorlik buyumlari konstruksiyasida keng qo‘llani-
ladigan turli shakldagi zagotovkalardir. Brusokning yog‘ochi yillik 
halqalari joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan ingichka qismi qirra, keng 
qismi esa qatlam deyiladi. O‘ng qatlam doimo yog‘ochning o‘zagi 
yonida, chap qatlam esa uning atrofida joylashadi.
Brusokning yog‘och tolalarini to‘g‘ri burchak ostida qirqish natijasida 
hosil qilingan sirti 
tores
, to‘g‘ri burchakdan kichik yoki katta burchak 
ostida qirqish bilan hosil qilingan sirti 
yarim tores
deyiladi.
Detal qirrasining o‘tkir qirqilgan yon qismi – qovurg‘asi 
faska
deb 
ataladi. Faska materialning tashqi ta’sirga qarshiligini oshiradi.
Duradgorlik buyumlarini yasashda texnik-iqtisodiy va estetik 
talablarni, ularni tayyorlashda ishlatiladigan materialning texnologik 
va fizik xossalarini hisobga olib, konstruksiyalanishi kerak. Buyum 
tayyorlashda turli nav yog‘ochlar asosiy konstruksion material 
hisoblanadi.
Konstruktor yog‘ochda radial va tangensial yo‘nalishda sodir 
bo‘ladigan deformatsiyalanishni nazarda tutishi va buyum detallarini 
ana shu deformatsiyalarni hisobga olib joylashtirishi kerak. Shunday 
qilinganda buyumning shakli va mustahkamligi o‘zgarmaydi.


35
Yog‘och tolasini xohlagan yo‘nalishda kesish undan tayyorlangan 
detalning mustahkamligiga putur yetkazadi. Shuning uchun, masalan 
stullarning orqa oyoqlarini yog‘och tolalari kamroq kesiladigan qilib 
loyihalash kerak. Shuningdek, yog‘och tolalarining yo‘nalishi detalning 
uzunligi bilan ustma-ust tushgan yoki undan ko‘p chetlashmagani ma’qul. 
Ayrim detallardagi tolalar yo‘nalishi cho‘zuvchi yoki siquvchi tashqi 
kuchlar yo‘nalishiga to‘g‘ri kelishi va eguvchi kuchlar yo‘nalishiga 
perpendikular bo‘lishi mumkin.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin