56
Tunukani qirqish.
Q
aychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari
oralig‘i va qirqish burchagi katta ahamiyatga ega.
Pichoqlar orasidagi
tirqish 0,1
mm
dan katta bo‘lmasligi kerak.
Qaychilar har doim tayyor bo‘lishi uchun uni o‘z vaqtida charxlab,
pichoqlari orasidagi oraliqni kichraytirib turish lozim.
Tunukani bukish.
Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning
asosiy usulidir.
Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar
yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin egish chizig‘i tisk
tepa joyining uchiga qo‘yiladi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib
qo‘ymasligi uchun uning chekkasiga nagubniklar joylashtiriladi va
tunuka kiyanka bilan uriladi (26-rasm, a).
26-rasm.
Tunukani bukish.
a)
b)
57
Kengroq bo‘lgan tunukani bukish uchun yog‘och brusokdan
foydalaniladi (26-rasm, b).
Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini
oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib
olishi uchun otbortovka
qo‘llaniladi. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan
paytda katta aniqlikni talab qiladi.
Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo‘l va yuzni jarohatlashdan
ehtiyot bo‘lish kerak.
Bukishda foydalaniladigan moslama (opravka) tiskiga mahkamlab
o‘rnatiladi.
Sim to‘plami uch-to‘rtta joyi bog‘langan, rulon ko‘rinishida keltiriladi.
Kerakli uzunlikdagi simni qirqib olish uchun bog‘lab tortuvchi tugunlarni
yechib, uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, u o‘ralib
qoladi va oxiri chigallashib chiqmay qoladi. Zagotovkani kerakli bo‘lgan
uzunlikda qirqib olish uchun metall chizg‘ich yordamida o‘lchab olinadi
va keyin qirqiladi.
Ko‘pincha uzunligi bir xil simlar kerak bo‘ladi. Buning uchun avval
bitta sim kerakli uzunlikda qirqib olinadi va qolgan simlar uzunasini
o‘lchash uchun ishlatiladi. Ingichka
va yumshoq simni ombur yoki
passatij yordamida qirqib olish mumkin.
Simni qirqish uchun u sandonga qo‘yiladi (27-rasm, a) yoki tiskiga
vertikal holatda o‘rnatiladi. Tiskida qirqiladigan joyi tepaga qaratiladi
va qirqiladi (27-rasm, b).
Dostları ilə paylaş: