114
Dimlangan tovuq tayyorlash
Аmaliy mashg‘ulot
Jihozlar
G
o‘shtga ishlatiladigan taxta va pichoqlar, tova, kapgir, sanchqi, qozon,
likopchalar.
Kеrakli masalliqlar:
tovuq, kartoshka 3–4 dona, pomidor 1–2 dona,
bulg‘or qalampiri 1 dona, piyoz 1 dona, sabzi 1 dona, sarimsoqpiyoz bo‘lagi
4–5 dona, limon 1 dona, sariyog‘ 70
g
, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor va oshko‘katlar.
Sousi uchun: mayonez yoki qaymoq 150
g
, sarimsoqpiyoz bo‘lagi 4–5
dona, quritilgan qizil bulg‘ori yarim oshqoshiq, tuz va ziravorlar.
Ishni bajarish tartibi
1. Mayonez yoki qaymoqqa tuz, ziravor va qizil bulg‘ori
hamda mayda
qilib to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz qo‘shib aralashtiriladi.
2. Hosil bo‘lgan qorishmani tozalangan tovuqning avval yaxshilab ustiga,
agar ortsa ichiga ham surtib chiqiladi.
3. Sanab o‘tilgan piyoz va limondan tashqari hamma sabzavotlarni o‘rtacha
shaklda, piyozni esa yarim halqa shaklda to‘g‘rab, hammasi bir idishga
solinadi, limonning yarmini siqib, suvi sabzavotlarga qo‘shiladi va
ta’bga ko‘ra tuz, ziravor hamda oshko‘katlar solib aralashtiriladi.
4. Hosil bo‘lgan massaga bo‘laklarga bo‘lingan sariyog‘ qo‘shiladi va
aralashtiriladi. Bu aralashma tovuq ichiga solinadi va limonning qolgan
yarimta qismi bilan yopiladi.
Bu limon
birinchidan qopqoq vazifasini o‘tasa,
ikkinchidan xushta’mlik beradi.
5. Tovuq oyoqlari uchini bir-biriga
yopishtirib ip bilan bog‘lab qo‘yiladi.
6. Chuqurroq patnisni ozroq yog‘lab
tovuq qo‘yiladi,
agar sabzavotlar ortib
qolgan bo‘lsa, ular tovuq atrofiga terib
qo‘yiladi
va tovuqning usti maxsus
zarqog‘oz bilan yopilib, duxovkada 40
daqiqa davomida past olovda pishiriladi.
7. 40 daqiqadan so‘ng
tovuqning usti
ochilib, 20–30 daqiqa baland olovda
qizartirib olinadi.
8-rasm.
Dimlangan tovuq.
115
8. Tayyor bo‘lgan dimlangan tovuq kattaroq laganga butunligicha qo‘yil
adi.
Lagan didingizga qarab bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
Dostları ilə paylaş: