136
ko‘kati – 1 bog‘, qovurish uchun o‘simlik yog‘i, bulyon yoki suv – 400–
500
ml
.
Ishni bajarish tartibi
1. Karam boshi yaxshilab yuviladi, ehtiyotkorlik bilan barglari ajratiladi.
Qaynab turgan tuzli suvda 1–2 daqiqa qaynatiladi (bunda
karam
barglari yumshashi kеrak). Karam boshini butunligicha qaynab turgan
tuzli suvga solib, barglarini yumshaguncha qaynatib olish ham mumkin.
Shundan so‘ng suvini silqitib qo‘yib, barglari birin-kеtin qirqib olinadi
(22-rasm, a).
2. Karam barglarining qalin qismlari olib tashlanadi.
3. Qiyma tayyorlab olinadi: piyoz mayda qilib to‘g‘raladi; sabzi artiladi va
qirg‘ichdan o‘tkaziladi; o‘simlik yog‘ida piyoz
va sabzi biroz qovurib
olinadi; ko‘kat yaxshilab yuvib to‘g‘raladi; guruch yarimtayyor holiga
kеlguncha
qaynatib olinadi; yuvilgan pomidor mayda kubik shaklida
to‘g‘raladi (qirg‘ichdan o‘tkazilsa ham bo‘ladi); sarimsoq bo‘laklari
mayda qilib to‘g‘raladi; barcha masalliqlar yaxshilab
aralashtiriladi va
ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar solinadi (22-rasm, b).
22-rasm.
Karamdan do‘lma taomini tayyorlash jarayoni.
a) b) d)
e) f) g)
h) i)
j)
137
4. Har bir karam bargiga tayyorlangan qiymadan solib,
konvеrt shaklida
o‘raladi (22-rasm, d, e, f).
5. O‘ralgan karam do‘lmalar tovada o‘simlik yog‘ida qovurib olinadi
(22-rasm, g).
6. Qozonga o‘simlik yog‘i solinib, piyoz va pomidor birgalikda qovuriladi
va unga qovurilgan karam do‘lma taxlab chiqiladi. So‘ngra do‘lmaning
ustini qoplaguncha bulyon yoki suv solinadi.
Оzgina tuz va ziravorlar
solib, 30–40 daqiqaga karam do‘lmalar dimlab qo‘yiladi (22-rasm, h, i).
7. Karam do‘lma tayyor bo‘lgach, qozon tagi o‘chiriladi va 10 daqiqa
qopqog‘i yopiq holatda biroz turishi kеrak.
8. Likopchalarga karam do‘lmadan solib, smеtana va ko‘katlar
bilan
bеzatiladi va dasturxonga tortiladi (22-rasm, j).
Dostları ilə paylaş: